Ikkinchi davrada Superliga formati o'zgarishi mumkin
28 iyu 2020 12:52
Yangiliklar
Ikkinchi davrada Superliga formati o'zgarishi mumkin
"CHempionat formatini o'zgartirmaslik uchun oxirgi urinishimiz Superligani markazlashgan holatda o'tkazish edi. Avgust oyida har 3 kunda o'yini o'tkazishni rejalashtirgandik. Agarda kelayotgan oyda chempionatni o'tkaza olganimizda formatni o'zgartirmasak ham bo'lardi. Hozirgi holatda katta ehtimol formatni o'zgartirishga majburmiz. Men bu haqida o'ylab ko'rdim. Lekin, hali klublar rahbarlari, murabbiylari bilan maslahatlashamiz.
Meni taklifim shundan iboratki, birinchi davra tugagandan so'ng 14ta jamoa ikkiga bo'lib birinchi ettitalikni alohida bir davra, ikkinchi ettitalikni alohida bir davra qilib o'ynatish kerak. SHunda ikkinchi davrada turlarimiz ikki barobarga kamayadi. Bundan boshqa yo'l ko'rmayapman. Kimda qanaqa taklif bo'lsa o'ylab chiqishga tayyorman. SHu paytgacha meni hayolimga kelgan narsa shu bo'ldi. Oltin ochkolar degan narsa bo'lmaydi. Klublar jamg'argan ochkolar saqlanib qolinadi. Superligani formatini o'zgartiradigan bo'lsak yuqoridagi ko'rinishda, biz kubokni formatini o'zgartirmasdan o'tkazib olishimiz mumkin",- deydi Diyor Imomxo'jaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar