Ikki top-klub Malen uchun kurashmoqda
13 iyu 2021 17:16
Yangiliklar
Ikki top-klub Malen uchun kurashmoqda
Niderlandiyalik forvard Doniell Malen Evropaning ikki top-klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
O'yinchi uchun davogarlar "Borussiya" (Dortmund) va "Liverpul"dir. Ikki klub ham 22 yoshli futbolchining vakillari bilan muzokaralarga kirishishdi.
Doniell PSVda 2018 yildan beri o'ynaydi. Uning Niderlandiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi o'tgan mavsum Erediviziya doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 8ta assist qayd etdi.
Fikrlar