So’nggi yangiliklar

21:35"Леганес" — "Реал". Беллингем, Винисиус, Гюлер ва Мбаппе асосий таркибда  0 21:22"Наполи" — "Рома". Таркиблар маълум  0 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  26 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  1 20:31"Ипсвич Таун" — "Манчестер Юнайтед". Бруно, Рэшфорд ва Каземиро асосий таркибда  3 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  7 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   1 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0 19:36Суперлигани қайси клуб тарк этади? Кумуш медал кимга насиб қилади? 26-тур интригалари  6 19:18Суперлига-2025. Қайси жамоалар қолади, қайсилари кетади?  6 18:25Суперлига. «Сўғдиёна» «Локомотив»ни қийинчиликсиз мағлуб этди ва учинчи ўринга кўтарилиб олди  11 18:16Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" "Қосимпошо" билан дуранг ўйнади, Турғунбоев бир бўлим ҳаракат қилди  2 18:04Февзи Давлетов: "Ўйинни тўлиқлигича назорат қилдик, фақатгина гол етмади"  4 17:28Холанд "Манчестер Сити" бўйича қарор қабул қилди  1 16:53Суперлига. «Металлург» мавсумдаги иккинчи ғалабасини қўлга киритиб, элитада қолиш имкониятини сақлаб қолди  11

"Ikki kun kechikkanimda sog'lig'imda jiddiy muammo bo'lardi, O'zbekistonda faqat ikki murabbiy o'z fikrini ommaviy ravishda ayta oladi, Masharipov Rossiya top-klubini kuchaytira oladi". Andrey Kanchelskis bilan intervyu Yangiliklar

"Ikki kun kechikkanimda sog'lig'imda jiddiy muammo bo'lardi, O'zbekistonda faqat ikki murabbiy o'z fikrini ommaviy ravishda ayta oladi, Masharipov Rossiya top-klubini kuchaytira oladi". Andrey Kanchelskis bilan intervyu

"Navbahor" klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Rossiyaning mashhur "Sport ekspress" nashriga intervyu berdi.

- Andrey, o'zingizni qanday his qilayapsiz?
- Rahmat, endi yaxshiroq. Payshanba kundan buyon shifoxonadaman, jiddiy davolanish kursini o'tayapman. Dorilar, ukollar...

- Qancha ukol qilishdi?
- Kuniga uchta - qoringa, tomirga va yonboshga. Koronavirus infekciyasi aniqlangan zahoti shifoxonaga yotmoqchi bo'ldim. Ammo Toshkentda bu borada muammo bor. Barcha joylar band!

- Kasallar shunchalik ko'pmi?

- Ha! Men bepul shifoxonalarni gapirmayapman - pullik joylar topish ham muammo. Tekshiruvdan o'tish uchun bir soat navbatda turishimga to'g'ri keldi.

- Dahshat.

- Oxiri xususiy shifoxona bilan gaplashib shu erga joylashdim. Bu erda juda ham malakali shifokorlar ishlashadi. Meni to'liq tekshiruvdan o'tkazishdi, ko'plab analizlar olishdi. Tekshiruv natijasiga ko'ra o'pkamning 20 foizi zararlangani aniqlandi. SHifokor shunday dedi: "Vaqtida kelibsiz, agar yana 1-2 kun kechikkaningizda jiddiy muammo bo'lardi".

- Sizda qachon infekciya aniqlandi?

- 28 avgust kuni. Birinchi kunlar mehmonxonada yashadim. O'zimni yaxshi his qildim, yo'tal ham yo'q edi, issig'im ham chiqmadi. Keyin tezda 39 darajaga ko'tarildi. SHundan keyin shifoxonaga yotishim kerakligini tushundim.

- Xid bilmay qoldingizmi?

- Yo'q. Ammo juda kuchli holsizlik paydo bo'ldi, hech nima qilishni xohlamadim. Ovqat eyish ham, suv ichish ham, gapirishni ham istamasdim. Faqat yotardim. Uxlardim yoki shunchaki tepaga qarab yotardim. Ishtaxam yo'q edi. Bir necha kun ichida 5 kilogrammga ozdim.


- Yo'g'e?

- Ammo shifoxonada darhol o'zimga keldim. Endi o'zimni yaxshi his qilayapman, ishtaxa ham qaytdi. Issig'im joyida. Qon bosimim ham. Kasallik jiddiylashmaganidan xursandman. Ahvolim yaxshilanib bormoqda.

- Yana qancha shifoxonada bo'lasiz?

- Kamida uch kun. Keyin analizlar topshiraman. Agar barchasi joyida bo'lsa va shifokorlar ruxsat berishsa darhol Namanganga yo'l olaman.

- Infekciya aniqlanganda qo'rdingizmi?

- To'g'risini aytaymi? Yo'q. Menimcha bunday vaziyatda eng asosiysi vahimaga tushmaslik. Aksincha yaxshilikni o'ylash kerak va shifokorlar aytganini qilish kerak. Ishonamanki virusni tezda engaman va o'z sevimli ishimga qaytaman.

- Eshitishimga qaraganda "Navbahor"ning ko'plab azolari ushbu virusni yuqtirib olibdi.

- Ha, 7 futbolchi, massajchi, videooperator... Asosiysi biz Namanganda yashayotganimizda barasi joyida edi. Bazaga yopilgandik. Uyda va safarda o'yinlar o'tkazayotgandik. Avgustda federaciya kutilmaganda 4ta tur bir shaharda o'tishini elon qildi.

- Qaysi shaharda?

- Toshkentda. Men qarshi edim. Sababi koronavirusning navbatdagi to'lqini yuzaga kelgandi. Afsuski boshqa klub murabbiylari meni qo'llab quvvatlashmadi. Bu erda barcha murabbiylar liga rahbariyati bilan bahslashishdan qo'rqadi, ommaviy ravishda o'z fikrini ayta olmaymadi. Faqatgina "Paxtakor" murabbiy SHota Arveladze va men bundan mustasno.

- Yakunda barcha o'yinlar Toshkentda bo'ldimi?

- Ha. Birinchi bahsdan keyin bir futbolchimizda virus aniqlandi. Keyin esa zanjir reakciyasi... Etti futbolchimiz kasallanganidan keyin o'yinni qoldirishni so'radik, liga rahbariyati rad qilishdi. Xudo insof bersin.


- Vaziyatdan qanday chiqib ketdingiz? "Rostov"ga o'xshab yosh bollar bilan o'ynadingizmi?

- Yo'q ungacha etib bormadi. Kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'lgan yoshlar maydonga tushishdi. Ular o'zlarini yaxshi tomonlama ko'rsata olishdi. Masalan, chempionat etakchisi "Paxtakor" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadik. "Sochi" - "Rostov" uchrashuvi esa shunchaki sharmandalik. Men "Krasnodar"ni hurmat qilaman, chunki shunday vaziyatda o'yinni ko'chirishga rozi bo'ldi. "Sochi" rahbariyati esa yumshoq qilib aytganda xunuk ish tutishdi.

- O'zbekiston chempionati bahslari hamon muxlislarsiz o'tkazilayaptimi?

- Ha. Bu qancha davom etishini bilmayman.

- "Navbahor"dagi rossiyalik futbolchilar sog'-salomatmi?

- Ivan Solovyovda koronavirus chiqdi. Ikkita o'yin o'tkazib yubordi va uchinchi bahsda 15 daqiqa harakat qildi. Mana shu 15 daqiqada u juda ham charchagandi. Ammo Vanya jangchi, xarakteri tufayli oxirigacha kurashdi. "Navbahor"ning etakchilaridan biri, klub u bilan shartnomani uzaytirishni xohlamoqda. Rossiyalik Pavel Golishev, Ruslan Bolov va Igor Golbanning harakatlaridan qoniqayapman. Aytgancha Golban bahorda O'zbekiston fuqaroligini oldi.

- Mart oyida pandemiya boshlangach faqat O'zbekistondamisiz?

- Ha. CHegaralar yopiq.

- Rossiya chempionatini kuzatayapsizmi?

- Namanganda premer-liga bahslarini doimiy ko'rib borayotgandim. Toshkentda bunday imkoniyat yo'q, shu bois oxirgi oyda juda kam o'yinni ko'rdim. Bundan tashqari kasallik ham paydo bo'ldi. Rossiya - Serbiya uchrashuvini internet orqali tomosha qilishni istagandim, ammo Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlandi. Menga ukol qilishgandi, uxlab qolibman.

- Oston O'runovning "Spartak"dagi faoliyatiga qanday baho berasiz?

- U "Navbahor"da mening qo'l ostimda o'ynagan. Qobiliyatli yigitcha. Bo'yi uzun, baquvvat, texnikasi kuchli, tezligi va kuchli zarbasi joyida. O'yinni o'ziga olishdan qo'rqmaydi, raqibni aldashni yaxshi ko'radi. Agar taktik tomonlama ishlansa O'runov "Spartak"ka hali ko'p yordam beradi.


- Qaysi poziciyada?

- Bizda O'runov insayd bo'lgandi. To'pni egallab raqib darvozasiga qarab borib 2-3 futbolchini aldab zarba berishi mumkin. Yoki sherigiga ajoyib pas berishi mumkin. O'zbekiston yoshlar terma jamoasida O'runov yarim himoya markazida o'ynardi. U erda Ostonga istaganini qilishga ruxsat berishgan. SHu bois bazida o'z jarima maydoni yonida raqibni aldab to'pni oldirib qo'yardi. Kattalar futbolida talablar boshqacha ekanini tushuntirdim. Roy Kin, Pol Ins, Stefan SHvarc, Jennaro Gattuzo kabi futbolchilarni namuna qilib ko'rsatardim. Bu futbolchilarni nima birlashtirib turadi?

- Nima?

- Maydon markazida ular fantastik ravishda ishonchli o'ynashardi. Oddiy vaziyatda to'pni oldirib qo'yishmasdi. O'runov bunga ko'nika olmadi va hujumga yaqinroqqa joylashtirdim. Insayd o'rnida uning o'yini ochilib ketdi, har bir o'yinda kamida ikkita vaziyatga ega bo'lardi.

- U o'ziga bino qo'yganmi?

- Nimalar deyapsiz? Akincha kamtar, og'ir bosiq yigit. Insoniy hislatlari bo'yicha hech qanday savollar yo'q. Tartibga qatiy rioya qiladi. O'zbekistonda kriminal futbolchilar yo'q.

- O'runov "Spartak" bilan shartnoma tuzgach birinchi qilgan ishi instagramga MUMdan qilingan xaridlarni rasmini joylashtirish bo'ldi.

- Nima uchun bu rasm uchun yigitgacha yopishib olishdi? Boshqa futbolchilar magazinga borishmaydimi? Brend narsalar sotib olishmaydimi? Ha, balki Oston paketlar soni bilan oshirib yuborgandir. Ko'zlari yongan, barcha narsani sotib olishni istagandir. Yoshlikda bunday narsalar bo'lib turadi.

- Tushunishim bo'yicha "Lokomotiv"ga o'tgan Jaloliddinovdan ko'ra O'runovga ko'proq ishonasiz. SHundaymi?

- Albatta. Jaloliddinov ham texnik tomonlama kuchli, to'p bilan yurishni xush ko'radi, yaxshi diriblingga ega. Ammo Rossiya premer-ligasi uchun menimcha hali hom. "Lokomotiv"da raqobatni yutish oson bo'lmaydi. Oston jismonan baquvvat, 20 santimetrga balandroq. Umuman olganda tayyor futbolchi. 18 yoshli Jasur haqida bunday deya olmayman.

- Yuriy Belous Jasur Joau Mariudan kuchliroq deb aytdi.

- Jiddiy bayonot. Bu menda tabassumdan boshqa hech nima paydo qilmadi.

- Bugungi kunda O'zbekistonda o'ynayotgan qaysi futbolchi Rossiyaning top-klubini kuchaytira oladi?

- Menga Jaloliddin Masharipov yoqadi. Ajoyib insayd, "Paxtakor"ning etakchilaridan biri. Yaqinda uni Qatarga chaqirishgandi, ammo klub qo'yib yubormadi. O'zbekiston chempionatining kuchli beshligidagi boshqa klublarda ham qiziqarli futbolchilar bor. Ular ham SHomurodov va O'runov darajasida o'ynay olishlariga shubha qilmayman.


sport-express.ru saytidan Narzulla tarjimasi

Reyting: +87   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика