So’nggi yangiliklar

13:22Шенсни "Ювентус" билан шартномасини узайтиришдан бош тортди  0 12:58"Челси" вингерини маълум шартлар асосида қўйиб юборишга тайёр  0 12:31"Милан" "Штутгарт" етакчисига қизиқиш билдиряпти  0 12:05Ши Таэ Йонг: "Ўзбекистон ва Саудия учрашувини стадиондан томоша қиламан. Корея мусобақани эрта тарк этгани учун бироз хафаман"  2 11:40"Интер" эгалари ўзгариши мумкин  1 11:16"Бавария", ПСЖ ва АПЛ клублари Меньян ва Теога қизиқишмоқда  0 10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   5 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  9 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  11 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  26 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  3 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  7

"Ikki kulminacion nuqtada Asimov AGMK klubi manfaatidan kelib chiqib, qaror qabul qilgandek" - PFL direktori "Nasaf" - AGMK hamda "Paxtakor" - "Olimpik" o'yinlaridagi hakamlik haqida Yangiliklar

"Ikki kulminacion nuqtada Asimov AGMK klubi manfaatidan kelib chiqib, qaror qabul qilgandek" - PFL direktori "Nasaf" - AGMK hamda "Paxtakor" - "Olimpik" o'yinlaridagi hakamlik haqida

O'zPFL direktori Diyor Imomxo'jaev 17 avgust kuni o'tkazilgan O'zbekiston chempionatining 16-turidan o'rin olgan "Nasaf" - AGMK hamda "Paxtakor" - "Olimpik" o'yinlaridagi hakamlik haqida fikr bildirdi.

Diyor Imomxo'jaevning yozishicha, kechagi ikki o'yin bo'yicha hamma undan fikr so'ragan. O'zPFL direktori bu borada o'z fikrlarini bayon qilarkan, jumladan, shunday yozadi:

"Nasaf — AGMK o'yini bo'yicha savollarimiz va etirozlarimiz bor. Hakamlar markaziga buni bildirdik va o'yinni ekspertlar guruhi o'rganib chiqishini so'radik. Agar bosh hakam o'ziga ishonmayotgan bo'lsa va VAR unga kerakli kadrni topib bera olmagan bo'lsa, hammasini aniq ko'rganiga ishonayotgan qanot hakamining fikrini eshitishi kerak emasmidi, degan savolni o'rtaga tashladik. Fikrimcha, ikki kulminacion nuqtada Asimov AGMK klubi manfaatidan kelib chiqib, qaror qabul qilgandek. Biroq mening fikrim ham sizniki kabi subektiv. Ishonamanki, obektiv bahoni markaz beradi.  

Paxtakor — Olimpik o'yini bo'yicha hakamlarga hech qanday etirozimiz yo'q. Yuqori templi va sifatli uchrashuv (futbolchilar xatolarini aytmasa). Jizzaxda maydon sifatsiz bo'lsa, Jarda u gilam. Fikrimcha, muvaffaqiyatsizlikka sabab hakamlardan izlanishi kerak emas. Biz klublar murabbiylaridan mundialga chiqishimiz uchun nima qilishimiz kerak, deb so'ramayapmiz. Klublar ham murabbiy bilan shu yo'sinda shartnoma imzolaydi, deb o'ylamayman. Murabbiy o'z klubi uchun javob berishi kerak. To'p Olimpik futbolchisining qo'liga tekkan vaziyatda bemalol aytishim kerak — bu erda penalti yo'q. Yaqin masofadan to'pni kimdir sizga zarb bilan tepsa, siz ham o'zingizni maksimal holatda shunday himoya qilasiz, himoyachi to'pni qo'li bilan qaytarishni emas, to'pdan kamroq zarar ko'rishni o'yladi IMHO. Qolgan ikki kulminacion vaziyatda esa kamida Paxtakor foydasiga qaror chiqarildi, etiroz bildirsa, Olimpik bildirishi kerak. Ikkinchi klub xatoni boshqa erdan izlasin.

P.S. Hamma bir narsani tushunishi shart. Uchrashuvda asosiy narsa VAR emas, bosh hakam. Bosh hakam o'ziga yuz foiz ishonsa, VAR chaqiruviga bormaslikka haqqi bor. VAR qizil deya shubha bildirsa, ammo bosh hakam bu fikrga qo'shilmasa, qizil bermaslikka haqqi bor. Hakamlar qaror qabul qilayotganda aniq kriteriyalardan kelib chiqishi uchun maksimal darajada harakat qilinadi. Ammo siz-u biz kabi hakamlarning ham o'z fikr va qarashlari bor. Buni tushunish kerak. VAR bosh hakamga yordamchi va har qanday hoaltda ham yakuniy qarorni bosh hakam qabul qiladi, VAR emas".

Eslatib o'tamiz, 17 avgust kuni o'tkazilgan mazkur ikki uchrashuv ham durang natija bilan yakunlangan. Xususan, "Paxtakor" JARda "Olimpik" bilan 1:1 hisobini qayd etgan bo'lsa, AGMK Qarshida "Nasaf" bilan 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика