So’nggi yangiliklar

20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 1:0 (матнли трансляция)  36 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  0 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

Ikki asr daftari. Taniqli murabbiy Ahmad Ubaydullaev 70 yoshga to'ldi Yangiliklar

Ikki asr daftari. Taniqli murabbiy Ahmad Ubaydullaev 70 yoshga to'ldi

Teglar :  Ahmad Ubaydullaev
Bugun o'zbek futboliga ko'plab futbolchilarni etkazib bergan, tarix zarvaraqlarida o'ziga hos yangi sahifa ochgan murabbiy Ahmad Ubaydullaevning tavallud kuni.

Futbolchilik faoliyatida "Paxtakor"ning oltin avlodi bilan birga to'p tepgan murabbiy jarohat sabab butsalarini erta mixga ilishga majbur bo'ladi. Keyingi davrda ustozlik sir-asrorlarini o'rgangan Ahmad Ubaydullaev 1980 yillar oxirlari 1990 yillar boshida "Umid" jamoasida ishga kirishadi. Birodar Abduraimov bilan birga bu jamoada ko'plab futbolchilarni jamlashgan, deylik Murod Aliev, Ruslan Ahmedxonov, Alisher Bazarov kabilar edi. Keyinchalik "Paxtakor" jamoasida murabbiy, bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bordi. Ahmad Ubaydullaevning murabbiy sifatidagi katta yutug'i shubhasiz 2008 yilgi U-20 Osiyo kubogiga to'g'ri keladi. Bunga qadar "CHig'atoy" futbol maktabida bir qancha yoshlarni tarbiyalagan mutaxassis yoshlar terma jamoasida ham ko'zga ko'rinarli natijaga erishdi, uning shogirdlari Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan qita musobaqasida finalgacha etib kelgan holda 2009 yilgi kichik mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. 

"Tarkibning o'zagi CHig'atoy futbol maktabining tarbiyalanuvchilaridan iborat edi. Ahmad aka barchamizni bolaligimizdan bilardi. Sababi uning qo'l ostida kichikinaligimizdan boshlab shug'ullanganmiz. Adashmasam sakkiz yoki to'qqiz yil davomida CHig'atoydagi bazada tayyorgarlik ko'rdik. Viloyatdan qo'shilgan ayrim yigitlar bilan ajoyib jamoa shakllangandi",- deya eslaydi uning shogirdlaridan biri Sunnatilla Mamadaliev.

"Ahmad aka Toshkentga olib kelganlarida 12 yoshda edim. Boshida juda qiynalganman. Katta akam Ibratdan har kuni uyga ketkazib yuborishini so'rardim. To'g'risi Toshkent shevasida gapirishni bilmasdim. Ko'p bollar ustimdan kulardi. Keyinchalik bunga ko'nikdim. O'sha paytda bolalikdan birga katta bo'lgan bollardan Ivan Nagaev, Sunnatilla Mamadaliev bilan hamon qadrdon do'stmiz. Ahmad akaga katta rahmat aytaman. U inson bizni nafaqat futbolchi sifatida, balki, hayotda har qanday vaziyatda erkak bo'lib gapiga javob beradigan, lavzida tura oladigan inson bo'lishimizni o'rgatganlar. Umrlari uzoq bo'lsin",- deydi murabbiyning qo'l ostida tarbiyalangan Sanat SHixov.

Darhaqiqat, Ahmad Ubaydullaev tarbiyalagan ko'p futbolchilar keyinchalik katta futbolda o'rnini yo'qotib qo'ymadi. Bu eng asosiy omil hisoblanadi. Qaysidir manoda ikki asr daftariga qiyoslash mumkin. Bu yo'lda murabbiyga omadlar tilab qolamiz. 

O'FA majlislar zalida ularning qadrdon do'stlari, shogirdlari, futbolimiz faxriylari 70 yillik yubiley munosabati bilan jamlanishdi. OKMK, "Bunyodkor", "Paxtakor" klublari rahbarlari o'z esdalik sovg'alarini topshirdi. 

"Ahmad akani yoshligimizdan yaxshi bilamiz. O'zbek futbolining metin himoyachisi sifatida bilar edik. Ular biz uchun har doim o'rnak bo'lib kelishgan. Murabbiylik faoliyatlarida ham ko'p narsa o'rganganmiz. Bu erda yig'ilgan barcha faxriylarning o'z o'rni bor, xuddi shunday Ahmad akaning ham. Yoshlar bilan ishlash metodikalarini tadbiq etganlar. Jahon chempionatlariga olib chiqish, jamoani qanday shakllantirish yo'llarini o'rganganmiz. SHu orqali biz ham amaliyotda qo'llaganmiz. Ularni muborak yoshlari bilan tabriklaymiz",- deydi Ravshan Haydarov. 

"Ahmadjon haqida gapirsak gap ko'p. U o'zbek futboliga katta hissa qo'shgan inson. Jahon chemionatlarida o'z shogirdlari bilan ishtirok etgan. Ahmadjon hali o'z tajribalarini yoshlarga o'rgatishda davom etadi",- deydi Ahrol Inoyatov.  

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика