Ikardiga "Yuventus" qiziqmoqda, biroq PSJ uni Italiya klublariga sotishni istamaydi
16 iyu 2021 21:56
Yangiliklar
Ikardiga "Yuventus" qiziqmoqda, biroq PSJ uni Italiya klublariga sotishni istamaydi
Turin klubi futbolchini sotib olishni maqsad qilgan.
Franciyaning PSJ klubi forvardi Mauro Ikardi Italiyaga qaytishi mumkin.
Futbolchi allaqachon "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan muzokara olib borgan.
Biroq transfer iqtisodiy sabablarga ko'ra amalga oshmasligi mumkin. Gap shundaki, argentinalik futbolchining shartnomasida agar parijliklar Ikardini boshqa A Seriya jamoasiga sotib yuborishsa, PSJ "Inter"ga 15 million evro to'lash majburiyatini yuklovchi band bor. SHu sababli, Parij klubi hujumchini Italiya jamoalariga sotish niyati yo'q.
Eslatib o'tamiz, Ikardi bundan avval Italiyaning boshqa bir klubi — "Inter"da o'ynagan.
Fikrlar