So’nggi yangiliklar

09:46"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолаши мумкин  0 09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  4 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  8 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  19 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  2

IIV stadion qurilishida o'g'irlik bo'lganini aniqladi Yangiliklar

IIV stadion qurilishida o'g'irlik bo'lganini aniqladi

Rossiya Ichki Ishlar Vazirligi (IIV) JCH-2018 uchun tayyorlanayotgan "Arena Baltika" stadioni qurilishida o'g'irlik bo'lganini aniqladi.

Policiya firibgarlik ayblovi bo'yicha ish ochdi. Unga "GlobalElektroServis" OAJ ("Summa" kompaniyasiga tegishli) tomonidan yollangan pudratchi tashkilotlarning biri aralashgan. Huquq-tartibot xodimlarining hisob-kitoblariga ko'ra, stadion qurilishi uchun qurilish maydonining tayyorlanishiga sarf-xarajatlar oshirib ko'rsatilgan.

28 iyun kuni IIV xodimlari "GlobalElektroServis" kompaniyasi ofisida tintuv ishlarini o'tkazishdi. "Summa" kompaniyasi vakillarining so'zlariga ko'ra, huquq-tartibot xodimlari Kaliningraddagi stadion qurilishida "GlobalElektroServis" hamda pudratchi tashkilotlarning shartnoma hujjatlariga qiziqib qolishgan.

"GlobalElektroServis" 2013 yilning dekabr oyida JCH-2018 uchun quriladigan stadion hududini tayyorlash uchun aukcionni yutib olgan edi. O'sha paytda viloyat hukumati bilan shartnoma tuzilgan va unga ko'ra, pudratchi 850 mln. rubl evaziga  22 gektar maydonda injenerlik ishlarini olib borishi kerak edi, yo'llar qurishi kerak edi. Poytaxt firmasi bu ishlar uchun "Kaliningrad Alfa stroy", "Vest" va "Geostroy" kabi pudratchi tashkilotlarni jalb qilgan.

Biroq, IIV shubhalariga ko'ra, pudratchilar faqatgina bajarilgan ishlar xarajatlarini oshiribgina ko'rsatmay, balki ish taqvimini ham buzishgan. SHartnomada ko'rsatilgan bir yil o'rniga ikki yil sarflangan. 2016 yil arena buyurtmachisi arbitraj sudiga murojaat qildi va "GlobalElektroServis" OAJdan 60 mln. rubl miqdorida pul to'lashni talab qildi, ammo ular ishda yutqazishdi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Sankt-Peterburgdagi stadion qurilishi uchun ajratilgan byudjetdan ham pullar o'g'irlangani aniqlangan edi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика