Iguain faoliyatini yakunlagandan keyin enologiya bilan shug'ullanmoqchi
14 apr 2021 19:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/631113_original.jpg)
![](/upload/storage/631113_220.jpg)
Iguain faoliyatini yakunlagandan keyin enologiya bilan shug'ullanmoqchi
“Inter Mayami” forvardi Gonsalo Iguain o'z kelajagini futbol bilan bog'lamayapti.
“Nafaqaga chiqqanimdan so'ng, hayotim futbol bilan bog'liq bo'lmasligi tayin. Boshqa yo'lni tanlayman. Vaqtimni oilam va ko'plab yaqinlarim bilan o'tkazishni istayman. O'zimga yoqadigan ishni topaman degan umiddaman. Pazandalik kurslariga bormoqchiman va enologiya (vino sanoatini o'rganish sohasi) bilan shug'ullanmoqchiman, menga vino yoqadi”, deydi 33 yoshli hujumchi.
Argentinalik faoliyati davomida “Real”, “Napoli”, “Milan”, “Yuventus” va “CHelsi” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. U 2020 yil sentyabrida erkin agent sifatida “Inter Mayami”ga kelib qo'shilgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar