Iguain: "12 ochko olib guruhdan chiqa olmaganimiz alam qilmoqda"
12 dek 2013 12:53
Yangiliklar

Iguain: "12 ochko olib guruhdan chiqa olmaganimiz alam qilmoqda"
"Napoli" hujumchisi Gonsalo Iguain ECHL 6-turidan o'rin olgan "Arsenal"ga qarshi o'yindan so'ng (2:0) juda xafa ekanligini yashirmadi.
Italiya klubi 12 ochko to'pladi, ammo "Borussiya" va "Arsenal" qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga guruhdan chiqishdi
– Bunga ishona olmayman, – deydi Iguain "Napoli" rasmiy saytiga. – Qandaydir bemanilik, axir boshqa guruhlarda 12 ochko olgan klublar 1/8 finalga chiqishdiku. Biz chiroyli o'ynab keyingi bosqichga chiqishga haqli edik. Bunday holat birinchi marta… G'aroyib… Endi bor etiborimizni Italiya chempionatiga qaratamiz, keyin esa bizni Evropa ligasida qiziqarli o'yinlar kutib turibdi.

Fikrlar