Igor SHkvirin: “Nasaf” haqli g'alabaga erishdi”
09 avg 2015 00:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/179049_original.jpg)
![](/upload/storage/179049_220.jpg)
Igor SHkvirin: “Nasaf” haqli g'alabaga erishdi”
“Nasaf” – “Olmaliq” uchrashvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Igor SHkvirin ishtirok etdi.
-“Nasaf”ni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Bugun mezbonlar har tomonlama bizdan kuchli ekanliklarini namoyish etishdi. Ular bugun bundanda ko'proq gol urishlari mumkin edi. Yaxshiyamki, o'sha vaziyatlarda hujumchilarda aniqlik etishmadi. Ob-havo? Yo'q, bugungi ob-havo uch kun oldingiga qaraganda ancha yaxshi va bemalol futbol o'ynash mumkin edi. Mavsum oldidagi vazifalar? Albatta, nazariy jihatdan hali kuchli to'rtlikka kirish imkoniyati bizda mavjud. CHunki oldinda 13 ta tur bor. Lekin “Nasaf” aynan o'sha vazifani bajarish uchun dadil qadam tashlagan bo'lsa, biz tobora ortga qarab ketayapmiz...
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar