Igor SHkvirin: "Nasaf" bejizga Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etmayapti"
12 mar 2016 12:28
Yangiliklar
Igor SHkvirin: "Nasaf" bejizga Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etmayapti"
"Olmaliq" - "Nasaf" (1:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Igor SHkvirin o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin natijasi bugun biz uchun qoniqarsiz ko'rinish oldi. O'yinni yaxshi boshladik, biroq taym oxiriga kelib tashabbusni raqibga berib qo'ydik. “Nasaf”ning ustunligi ikkinchi taym oxirida oshib ketdi. “Nasaf” bejizga Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etmayapti. Biz esa... Jamoamizda qilinadigan ishlar ko'p. Keyingi o'yinlarda ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilamiz", - deydi Igor SHkvirin.
"Olmaliq" matbuot xizmati
Fikrlar