Igor SHkvirin: "Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash boshlandimi, demak nimadir bor"
02 okt 2014 18:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/146527_original.jpg)
![](/upload/storage/146527_220.jpg)
Igor SHkvirin: "Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash boshlandimi, demak nimadir bor"
"Dinamo" - "Olmaliq" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Igor SHkvirin o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yinda raqibning tezkor qarshi hujumlari bizni qiynab qo'ydi. Bunday o'ynab bo'lmaydi. "Dinamo" futbolchilari qarshi hujumlardan foydalanib gollar urishdi. Bundan tashqari qanot himoyachilari to'pni raqibdan olib qo'ya olmayapti, bu yaxshi emas. Oldimizdagi qisqa tanaffus bizga foyda berishi kerak. Yigitlar bilan ishlashda davom etamiz", - deb gap boshladi Igor SHkvirin.
- O'zbekistonda kelishilgan o'yinlar haqida gap so'zlar ko'payib ketdi. Sizningcha bizda bunday o'yinlar bormi?
- Bazilar bor deyapti, bazilar esa yo'q. Bizda kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash tashkiloti ishga tushdimi, demak nimadir bor. Barcha o'z ishini qilishi kerak, men murabbiyman, ishim futbolchilarni o'yinga tayyorlash. Jurnalistlar esa o'yin haqida yozishlari kerak, kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashayotganlar esa agar bizda shunday o'yinlar bor bo'lsa o'z ishlari bilan shug'ullanishlari kerak.
Damir Kabilov yozib oldi.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar