Igor Sergeevga APL klubi qiziqmoqda?!
22 apr 2021 10:09
Yangiliklar
Igor Sergeevga APL klubi qiziqmoqda?!
Bu haqda taniqli sharhlovchi Davron Fayziev o'z telegram kanalida malum qildi.
"Qozog'istonda bazi manbalar shunday yozdi. O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev angliyaliklar kuzatuvida ekan. Eslatib o'taman, Igor Aktobe klubida muvaffaqiyatli o'ynamoqda. Bu xabar asosli ekanligini tasdiqlay olmayman. Ko'rdim, qiziqdim va bo'lishdim", - deb yozmoqda Fayziev telegram kanalida.
Takidlash kerakki, "Aktobe"ning mart oyidagi eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan hamyurtimizga ehtimoliy qiziquvchi bo'lmish "SHeffild Yunayted" jamoasi ayni damda Premer-ligada so'nggi o'rinda bormoqda va jamoaning kelasi mavsumni CHempionshipda o'tkazishi aniq bo'lib ulgurgan.
Fikrlar