So’nggi yangiliklar

07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  26 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  2 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  5 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  37 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  23 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14

Igor Sergeev: "Xalq jamoasi tarkibida o'ynayapman" Yangiliklar

Igor Sergeev: "Xalq jamoasi tarkibida o'ynayapman"

Bugun "Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev “ORIAT FM” 100.5 FM radio to'lqinining "CHaqirilgan mehmon " dasturi mehmoni bo'ldi.
Futbolga kirib kelishi

- O'ynashni 7 yoshimdan boshlaganman. Dastlab ko'chada do'stlarim bilan, keyin esa TAPOiCHda shug'ullanishga o'tganman. Boshida shunchaki rohatlanish uchun to'p tepardim. So'ng barchasi boshqacha davom etdi. Muhimi, maydon uyimga yaqin va bu juda qulay edi. Asosan yoshi katta bolalar bilan o'ynardim. Bu menga yanada ko'proq yordam bergan. Birinchi murabbiyim Valentin Anatolevich bo'lgan. Uning qo'l ostida 5 yil shug'ullandim. Keyin "Paxtakor"ga ko'chib o'tdim.

 
Barchasi qanday boshlangan?

- "Paxtakor" akademiyasiga kelganimda boshqa jamoalar bilan solishtirganda er bilan osmonchalik farqi bor edi. Avval Toshkentdan tashqariga chiqish men uchun katta yangilik bo'lardi. "Paxtakor"ga kelganimdan keyin bir oydan so'ng Ukrainadagi turnirga borganmiz. Bu ajoyib bo'lgandi. Asosiy jamoagacha bo'lgan barcha yo'lni bosib o'tdim.

 
Yoqtirgan klublari

- Albatta, "Paxtakor". Ispaniyada "Real", Angliyada "Manchester Yunayted" va Germaniyada "Bavariya".
 
Futbolsiz hayot

- Har doim o'ylayman, futbol bo'lmaganda nima qilardim deb. Bilmayman, yoshligimdan futbol ichidaman. Maktab, akademiya, jismoniy madaniyat instituti. Har erda futbol.

 
Milliy terma jamoadagi to'purarligi xususida

- Bosh murabbiy menga ishondi va men terma jamoa uchun to'p kirityapman. Mamlakat uchun futbolchilar barcha narsaga tayyorlar. Bazida bu amalga oshadi, bazida esa amalga oshmaydi. Biz hamisha harakat qilamiz.

 
"Paxtakor" haqida

- "Paxtakor" - bu tarix. O'zbekistondagi har bir o'yinchi bu jamoada o'ynashni istaydi. Xalq jamoasi hisoblanadi. Bu men uchun sharaf. Klub menga ko'p narsa berdi va bunga g'alabalar bilan javob berishga intilaman. O'tgan yili kuchli uchlikka kira olmadik, lekin bu mavsumda sovringa erishishga harakat qilamiz. Buning uchun oxirigacha kurash olib boramiz.

Tilagi

- Fursatdan foydalanib, barchani yaqinlashib kelayotgan "Navro'z" bayrami bilan tabriklayman. Baxt, omad va yaxshiliklar tilayman. Barcha muxlislardan sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlab, stadionlarga tashrif buyurishlarini so'rab qolaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика