Igor Sergeev va Jamshid Iskanderov "Paxtakor"dan ketdi
18 dek 2018 15:25
Yangiliklar
Igor Sergeev va Jamshid Iskanderov "Paxtakor"dan ketdi
"Paxtakor" klubining Jamshid Ikanderov va Igor Sergeev bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etdi.
Bizga malum bo'lishicha, "Paxtakor" Igor Sergeev va Jamshid Iskanderov bitimni uzaytirmagan. Ayni paytda erkin agentga aylangan mazkur futbolchilar kelasi mavsumni qaerda boshlashlari hali aniq emas.
Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, Jamshid Iskanderovga mamlakat chempioni "Lokomotiv"dan, Igor Sergeevga esa "Navbahor" tomonidan qiziqish mavjud.
SHuningdek, "Paxtakor"ning Tiago Bezerra va Egor Krimec bilan tuzgan shartnomalari yil so'nggida nihoyasiga etadi. Klub mazkur futbolchilar bilan yangi kelishuv bo'yicha muzokaralar o'tkazmoqda.
Fikrlar