Igor Sergeev Qozog'iston Premer-ligasida yubiley uchrashuvida qatnashdi
03 noy 2022 15:25
Yangiliklar
Igor Sergeev Qozog'iston Premer-ligasida yubiley uchrashuvida qatnashdi
"Tobol" hamda O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi "Taraz" bilan o'yinda (2:0) Qozog'iston Premer-ligasidagi 50-o'yinida maydonga tushdi.
Bu haqda kazfootball.kz sayti malumot berdi.
Igor Sergeev Qozog'iston chempionatida 2021 yilning 14 mart sanasida "Aktobe" libosida debyut qilgan va bahsda to'liq 90 daqiqa harakatlangan. O'shanda uning jamoasi Kaspiy bilan durang o'ynagandi (1:1).
Forvard Premer-ligadagi debyut golini 2021 yilning 20 martida "Tobol"ga urgan.
29 yoshli hujumchi "Aktobe" safida 18 ta o'yinda qatnashib, 7 ta gol urgan. "Tobol" tarkibida esa shu paytgacha 32 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta to'p kiritgan.
Fikrlar