So’nggi yangiliklar

13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  0 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  3 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  13 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  3 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  5 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  5 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  3 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  4 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  6

Igor Sergeev OFK rasmiy sayti nigohida Yangiliklar

Igor Sergeev OFK rasmiy sayti nigohida

Teglar :  Igor Sergeev
OFK rasmiy sayti 12 yanvar kuni Qatarda start oladigan U-23 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida porlashi kutilayotgan yulduzlar haqida qiziqarli maqolalarni chop etdi va ular bilan intervyu uyushtirdi.

Etiborlisi, mazkur futbolchilar qatorida O'zbekiston U-23 terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev ham bor. OFK rasmiy sayti o'z maqolasida "Paxtakor" klubining 22 yoshli hujumchisi mazkur Osiyo chempionatida terma jamoaning asosiy yulduzi bo'lishi mumkinligini takidlaydi.

Toshkentning Paxtakor klubida O'zbekiston chempioni bo'lgan va chempionat to'purari bo'lgan Igor Sergeevdan Osiyo chempionatida O'zbekiston olimpiya terma jamoasining umidi katta. "Paxtakor" safida uch marta O'zbekiston chempionatida g'olib chiqqan futbolchi, allaqachon O'zbekiston milliy terma jamoasining ham asosiy hujumchilaridan biriga aylanishga ulgurdi. KXDR terma jamoasiga qarshi uchrashuvda JCH-2018 hamda OK-2019 saralash o'yinidagi to'rtinchi golini kiritdi va bu borada terma jamoada ham peshqadam bo'lib turibdi.

“Albatta, tajriba katta ahamiyat kasb etadi. Ammo, bu eng muhim jixat emas. Bazida, tajriba tezkor qabul qilish uchun ham kerak”, - deydi Sergeev OFK rasmiy saytiga bergan intervyusida

Ummonda bo'lib o'tgan avvalgi Osiyo chempionatida, Sergeev Iroq olimpiya terma jamoasiga qarshi o'yinda jamoasini mag'lubiyatdan qutqara olmagan bo'lsa ham, uchrashuvda yaxshi taassurot qoldirgan edi. Iroq esa, yarim finalda Janubiy Koreyani mag'lub etib, keyinchalik chempionlikni qo'lga kiritgan edi”.

O'shanda ham, katta tajribaga ega bo'lgan hujumchini bugun boy tajribaga ega bo'lishga ulgurganini takidlash lozim. Olimpiada uchun uchta yo'llanma bor va buni Sergeev Doxada start oladigan turnirdan oldin juda yaxshi xis qilib turibdi”.

“Qaysidir jamoani kuchli, yoki kimnidir kuchsiz deya olmayman”, - deydi U-19 yoshlar o'rtasidagi OCH-2012 to'purari. “Bu erdagi barcha jamoalarning imkoniyati bir xil. Barcha kurashish va o'z oldilariga qo'ygan maqsadga erishish uchun o'ynaydi. Ular turnir qanday muhim ekanini yaxshi bilishadi va ularning barchasiga birdek qaraymiz. Agar biz, murabbiyimiz aytgan ko'rsatmalarni bajara olsak, oldimizga qo'yilgan maqsadga eta olamiz va turnirni o'zimiz istagandek yakunlay olamiz”, - deydi Sergeev.

“Men terma jamoamdan yaxshi o'yin kutmoqdaman. Albatta, biz uchun asosiy vazifa – Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish, ammo yakunda chempion bo'la olsak, bu ham yomon natija bo'lmaydi”, - deydi Sergeev OFK rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionatidagi ilk o'yinini 13 yanvar kuni Doxadagi "Suhaim Bin Hamad" stadionida Janubiy Koreyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика