Igor Sergeev: "Meni qo'llab turgan muxlislarga katta rahmat" Yangiliklar

Igor Sergeev: "Meni qo'llab turgan muxlislarga katta rahmat"

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev KXDRga qarshi bahsdan (4:0) so'ng muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.

"Uchrashuv, maydon, ob-havo og'ir bo'ldi. Asosiysi yaxshi hisobda g'alabaga erishdik.

Muxlislar? Meni qo'llab-quvvatlaganlar, men haqimda banner ilganlarga katta rahmat aytaman. Bu haqida oldinroq ham aytdim. Siz ham shuni yozing. Ularga oilam va yaqinlarim nomidan minnatdorchilik bildiraman. Bu nafaqat futbolchi, balki inson sifatida ham juda yoqimli" - deydi Igor Sergeev.

Nig'monxo'ja Nozimov yozib oldi

Reyting: +84   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика