Igalo: "Orzular ushaldi"

Mirjalol Normatov
2 fev 2020, 19:58
Hujumchi Odion Igalo "Manchester Yunayted"da o'ynashi borasidagi fikrlarini bildirdi.

"Orzularim ushaldi. Bolaligimdan "Manchester Yunayted"ni kuzataman va jamoa tarkibida o'ynashni orzu qilganman. O'sha orzular bugun reallikda aks etmoqda. Hali o'ynashni boshlamadim, shu boisdan boshqa nimadir ham deya olmayman.

Ushbu transfer men uchun katta imkoniyat. Agentim, murabbiyimga bu yerda o'ynash uchun imkoniyat berayotganidan mamnunligimni bildiraman.  Jamoaga borimni berib, yuqori natijalar qayd etishiga yordam bermoqchiman.

Bugunchalik dam olaman. Shanxaydan Manchesterga uzoq yo'l. Ertaga mashg'ulotlarga kirishaman", - dedi Igalo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com