So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  23 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

“Iftixor” o'z maydonida “Loko”bolalariga mag'lub bo'ldi (to'liq sharh) Yangiliklar

“Iftixor” o'z maydonida “Loko”bolalariga mag'lub bo'ldi (to'liq sharh)

PRO-liganing 24-turida “Iftixor” jamoasi o'z maydonida “Lokomotiv-BFK” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. Birinchi bo'lim dastlabki daqiqalarida har ikki jamoa vakillari raqibni o'rganishga kirishdilar. Birinchi bo'lim o'rtalariga kelib mehmonlar tashabbusni qo'lga olishdi. “Lokomotiv-BFK” futbolchilari tez-tez “Iftixor” jarima maydoni atrofida xavfli vaziyatlarni yarata boshladilar. Mana shunday vaziyatlardan birida hakam mezbonlar darvozasi yaqinida “Lokomotiv-BFK” foydasiga jarima to'pi belgiladi. Belgilangan jarima to'pini “Lokomotiv-BFK”ning 9-raqamli futbolchisi Islombek SHaripov kuchli zarba bilan golga aylantirdi, 0:1. 

Oradan 10 daqiqa o'tib goldan ruhlanib, ketma-ket hujum uyushtirayotgan mehmonlar yana mezbonlar darvozasini ishg'ol etishning uddasidan chiqdilar. Bu safargi gol muallifi “Lokomotiv-BFK”ning 25-raqamli futbolchisi SHaxbozbek Avazmatov bo'ldi, 0:2.

Birinchi bo'lim yakunida mezbonlar hujumkorlikni oshirishgan bo'lsada, samara keltirmadi. Birinchi bo'lim 0:2 hisobida mehmonlarning hisobdagi ustunligi bilan yakuniga etdi.
Ikkinchi bo'limda “Iftixor” futbolchilari ancha jonlanishdi. Raqib darvozasini ishg'ol etish uchun astoydil harakat qilgan mezbonlarda ko'plab vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, ketma-ket hujumlar samara keltirmadi. Aksincha qarshi hujumda o'ynayotgan “Lokomotiv-BFK” futbolchilari mezbonlar darvozasiga yana bir gol kiritib, hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'yishdiya, 0:3. Bu safargi golga uchrashuvning 50-daqiqasida mehmonlarning 11-raqamli futbolchisi Arslonbek Sultonov mualliflik qildi.

SHundan so'ng maydon egalari ketma-ket hujum tashkil eta boshladilar. Uchrashuvning 71-daqiqasida mezbonlar raqib darvozasi yaqinida jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'ldilar. Jarimadan tepilgan to'pni dastlab mehmonlar posboni qaytardi, qaytgan to'pni “Iftixor”ning 23-raqamli futbolchisi SHoxruxbek Yuldashev darvozaga joylab qo'ydi, 1:3
SHundan so'ng mezbonlarda yana ko'plab vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, ular mehmonlar darvozasiga boshqa gol ura olmadilar. Uchrashuvning so'ngi daqiqalar to'liq mezbonlar ustunligi ostida o'tdi.Uchrashuv shu tariqa “Lokomotiv-BFK” jamoasining g'alabasi bilan yakuniga etdi.           

 

PRO-liga
24-tur
“Iftixor” – “Lokomotiv-BFK” – 1:3 (0:2)  
Hakamlar: 
Akmaljon Rahimov, SHoxnur Yuldashev, Doston Rahmonov.
Zahiradagi hakam: Muhammadsulton Fozilov.
Nazoratchi – Fayzullo Hasanov.
Komissar – SHerzod Rajabov.
«Iftixor»: 16. Xurshid Muhammadov (30. Javohir Qurbonaliev, 71)            5. SHoxruh Xolmatov (6. Asadbek Mamurov, 46)  9. Asadbek Komilov, 10. Dilmuhammad Xudoyberdiev (7. Oyatullo Muhitdinov, 53 ) 13. Umid Matmusaev (19. SHuhrat O'rinboev,53) 14. Muhiddin Yusupov, 17. Nurillo Mirzajonov, 23. SHoxruh Yuldashev, 25. Ilhom Aliboev, 77. Said Abdujabborov, 90. G'iyosjon Tursunov (20. Yursunali Topvoldiev, 10).
Zaxira: 8. Asror Tilavoldiev, 18. Abbos Nosirov,
«Lokomotiv-BFK»: 1. Aleksey Kim, 2. Ahmadxo'ja Valiev, 5. Farhod Mahamadjonov, 6. Elyor Omonjonov, 9. Islom SHaripov, 11. Arslon Sultonov (14. Ibrohim Qodiraliev, 61) 13. Aleksandr Belyakov, 17. Saidmirza To'xtasinov (21. Qurbonali Erkinov, 90+5) 20. Azizbek Tohirov (22. Valeriy Akinov, 68) 23. Yusuf SHoimov, 25. SHahboz Avazmatov (10. Saidmahmud G'ulomov, 88)
Zaxira: 16. Sanjar Sobirov, 24. Ivan Jukovskiy, 26. Sardor Ismoilov.
Ogohlantirishlar: Xurshid Muhammadov (32), Asadbek Komilov (58), Azizbek Toxirov (63), Oyatillo Muhiddinov (63)

Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика