So’nggi yangiliklar

10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  0 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   0 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  10 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2

"Iftixor" bosh murabbiyi o'z lavozimini tark etdi, sababi... Yangiliklar

"Iftixor" bosh murabbiyi o'z lavozimini tark etdi, sababi...

Ikkinchi davrada o'z oldiga yuqori maqsadlari qo'ygan “Iftixor” jamoasi kecha yozgi yig'inni boshladi. Rejaga ko'ra, jamoa azolari Toshkentda yig'ilishlari kerak edi.

Ammo ayrim sabablar tufayli rejaga o'zgartirish kiritildi.

Futbolchilar kecha Oltiariqda to'planishdi va mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi. Toshkentdagi yig'in esa 25 iyul kuni boshlanadi va 5 avgustga qadar davom etadi. Bu vaqt oralig'ida jamoa azolari “Nurafshon”ga qarshi kechadigan o'yin uchun ham tayyorgarlik olib borishadi.

“Iftixor” PFK murabbiylar shtabida o'zgarishlar yuz berdi. Xususan, shu kunga qadar jamoada bosh murabbiy vazifasini bajarib kelgan Asad Do'rmonov va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Diyorbek Alijonovlarga viloyatning bosh jamoasi “Neftchi”dan taklif tushgani inobatga olinib, bu ikki mutaxassis bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilindi va lavozimidan ozod etildi. Bu borada klubining kechagi yig'ilishida malum qilindi. 

 “Iftixor” jamoasi bosh murabbiy lavozimini esa shu kunga qadar jamoada yordamchi murabbiy bo'lib ishlab kelgan Mahmudjon Matkarimov egalladi. Bosh murabbiy yordamchilari sifatida esa Jahongir Mahkamov va Xayrullo Mirzajonovlar faoliyat olib boradigan bo'lishdi.

Jamoa tarkibidagi o'zgarishlar haqida to'xtaladigan bo'lsak, mashg'ulotlarda bir qator yangi futbolchilar ishtirok etishmoqda. Xususan, “Qo'qon-1912”dan kelgan Ismoil Oxunjonov, futbol muxlislar uchun tanish bo'lgan Rustam Azamov va bir qator yosh futbolchilarni keltirib o'tish mumkin.

Murabbiylar shtabi bugun va ertaga nazorat uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirgan. Bugun "Iftixor" Quvasoyning “Cementchi” klubiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Oltiariqdagi “Markaziy” stadionda soat 18:00da boshlanadi. Ertaga esa “Neftchi” bilan o'yin rejalashtirilgan.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика