IFFHS. So'nggi 10 yillikning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
7 fev 2021, 21:55
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tomonidan 2011-2020 yillardagi jahonning eng yaxshi futbolchilardan iborat reyting tuzildi.

Unda g'olib 150 mamlakat vakillari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra aniqlandi. Ro'yxat yetakchi sifatida esa Argentina TJ va “Barselona” sardori Lionel Messi qayd etildi. Keyingi pog'onalardan esa “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) hamda “Vissel Kobe” a'zosi Andres Inesta (Ispaniya) joy oldi.

Kuchli o'nlik esa quyidagicha:

1. Messi (Argentina, "Barselona")

2. Ronaldu (Portugaliya, "Yuventus")

3. Inesta (Ispaniya, "Vissel Kobe")

4. Neymar (Braziliya, PSJ)

5. Serxio Ramos (Ispaniya, "Real")

6. Manuel Noyer (Germaniya, "Bavariya")

7. Robert Levandovski (Polsha, "Bavariya")

8. Janluiji Buffon (Italiya, "Yuventus")

9. Zlatan Ibragimovich (Shvetsiya, "Milan")

10. Luka Modrich (Xorvatiya, "Real")

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: IFFHS