So’nggi yangiliklar

09:00«Пахтакор» тарихда илк бор «Ал Ҳилол»ни мағлуб этган учрашувдан олинган ФОТОГАЛEРEЯ  1 08:58«Арсенал» Чемпионлар лигаси рекордини ўрнатди  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда «Пахтакор» футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:56«Атлетико»ни мағлуб этган Карло Анчелотти нималар деди?  7 07:25«Пахтакор» — «Ал Ҳилол» ўртасидаги учрашувнинг энг яхши футболчиси аниқланди  6 07:00Элит ОЧЛ. "Пахтакор" - "Ал Ҳилол" 1:0  26 03:01ОЧЛ. "Шанхай Порт" "Йокогама Маринос"га, "Ал Райян" эса ўз уйида "Ал Аҳли"га имкониятни бой берди  1 02:55ЕЧЛ. Дортмунддаги ўйинда дуранг қайд этилди, "Арсенал" эса кейинги босқич масаласини ҳал қилди  25 02:53ЕЧЛ. "Реал" 1/8 финалнинг дастлабки ўйинида "Атлетико"дан устун келди  100 02:10Отабек Жўрақўзиев: "Футболда ҳамма нарса бўлишини кўрсатиб қўйдик"  10 01:58Педру Морейра "Ал Ҳилол" устидан қозонилган тарихий ғалабадан сўнг нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  13 01:41Абдулла Абдуллаев: "Бундай ўйинларда руҳий тайёргарлик биринчи ўринга чиқади"  4 00:59ЕЧЛ. "Астон Вилла" 1/8 финалнинг биринчи ўйинида "Брюгге"ни меҳмонда таслим этди  4 00:52Игорь Сергеев: "Кейинги ўйин борлиги сабаб ҳисобдаги фарқни оширмоқчи эдик"  5 23:18"Реал" Лондон клубидан 70 млн фунтга баҳоланаётган ўйинчига қизиқмоқда  0

Ichki hissiyot. CHempionlik uchun kurashayotgan "Nasaf" bugun ochko yo'qotadi Yangiliklar

Ichki hissiyot. CHempionlik uchun kurashayotgan "Nasaf" bugun ochko yo'qotadi

Teglar :  Nasaf Bunyodkor
Qarshining "Nasaf" jamoasi bugun Coca cola Superliganing 23-turida o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.

Daraja va tarkib nuqtai nazaridan olganda ham ikki hil jamoalar to'qnashuvi. Tabiiyki bugun ustunlik Ro'ziqul Berdiev jamoasi tomonida. Biroq shunday omillar borki, ular bugun jamoaning ochko yo'qotishiga olib kelishi mumkin. 

Nasaf

Husayin Norchaev - 47'

Superliga. 23-tur

25/10/2022, 18:30

1
:
1
Tugadi

Bunyodkor

Jasur Hakimov - 23'

45'
90'
47'  Husayin Norchaev
47'  Mateus Lima
66'  Husayin Norchaev (Bahrom Abdurahimov)
66'  Sharof Muhitdinov (SHerzod Nasrullaev)
83'  Oybek Bozorov (Zafarmurod Abdurahmatov)
23'  Jasur Hakimov
59'  Pavel Mogilevec (Abdulloh Omonaliev)
83'  Jasur Hakimov
84'  Davronzhon Ergashev
87'  Francis Narx (Suhrob Izzatov)
90'  Muzaffar Olimjonov

1. Uydagi o'yinlar 

Ayni paytda turnir jadvalining birinchi pog'onasida ketayotgan "ajdarlar" uyda ochko ishlash bo'yicha oltinchi o'rinda bormoqda. "Nasaf" o'z Qarshidagi 10ta uchrashuvda 15 ochko qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan. Natijalar 3ta g'alaba, 6ta durang va 1ta mag'lubiyat. Jamoa safarda ochko yig'ish borasida peshqadam, 12ta o'yin 30 ochko. Mehmonda mag'lub bo'lmagan ikki jamoadan biri bo'lib turibdi (ikkinchisi "Paxtakor"). So'nggi yillardagi holatga nazar tashlaymiz. 


"Nasaf" uyda 

2019 yil. 13ta o'yin, 6 g'alaba, 1 durang, 6 mag'lubiyat 19 ochko 8 o'rin (uyda)

2020 yil. 13ta o'yin 9 g'alaba, 4 durang, 0 mag'lubiyat 31 ochko 2 o'rin 

2021 yil. 13ta o'yin 9 g'alaba, 1 durang, 3 mag'lubiyat 28 ochko 3 o'rin 


2. "Nasaf" bu yil o'z maydonida  kimlarni yutdi?

Bu yil Qarshida "Qo'qon-1912" (2:1),  "Surxon" (2:0) va "Qizilqum" (5:0) ustidan g'alaba qozonildi. Uydagi yagona mag'lubiyat "Navbahor"dan qabul qilib olindi (0:1). AGMK (0:0), "Olimpik" (2:2), "So'g'diyona" (1:1), "Paxtakor" (0:0), "Metallurg" (1:1), "Lokomotiv" (0:0) bilan uchrashuvlarda durang qayd etildi. Katta ehtimol bilan bugun ham durang qayd etilishi mumkin. 


3. "Bunyodkor"ni o'ziga keltirayotgan Boshkovich sobiq jamoasiga qarshi 

Boshkovich kelgach "Bunyodkor"ning natijalari biroz bo'lsada yaxshilanayotganini oddiy muxlis ham payqayotgani turgan gap. CHernogoriyalik mutaxassis jamoadagi bor futbolchilar bilan maksimal natija ko'rsatishga harakat qilyapti. Bu natijalarda ham aks etmoqda. O'z maydonida "Olimpik" bilan durang, chempionlik uchun kurashayotgan "Navbahor" ustidan g'alaba va safarda "Metallurg" maydonida qo'lga kiritilgan uch ochko. So'nggi uchrashuvda AGMKga minimal hisobdagi mag'lubiyat. Umuman olganda yomon, deb bo'lmaydi. Ivan o'z vaqtida "Nasaf"dagi ajoyib o'yinlari, OFK kubogidagi gollari bilan mahalliy muxlislar mehrini qozona olgan. Bugun u sobiq jamoasiga qarshi murabbiy sifatida maydonga tushadi. 


4. Dastlabki davradagi natija va Qarshida g'alaba qozona olmayotgan "qaldirg'ochlar"

Jamoalarning Toshkentda kechgan birinchi davradagi o'yinida "Nasaf" 4:1 hisobida g'alabani tantana qilgan edi. "Bunyodkor" esa mehmonda so'nggi bor 4 yil oldin 2018 yil 4:1 natijasi bilan ortga qaytgan. Qarshidagi so'nggi 3ta o'yinning 2tasida maydon egalari zafar quchgan, 1ta bahsda durang qayd etilgan ("Paxtakor" stadionida kechgan o'yinda nominal mezbon "Nasaf" bo'lgan). 



5. Hakamlar

Uchrashuv bosh hakami Temur To'xtasinov oktyabr oyida uchinchi bor "Nasaf" ishtirokidagi o'yinga tayinlandi. Umumiy hisobda to'rtinchi bor.

02.10.2022. 20-tur. "Paxtakor" - "Nasaf" 0:1

13.10.2022. O'zbekiston kubogi 1/2 final. "Nasaf" - AGMK 2:1

07.08.2022. 11-tur. "Dinamo" - "Nasaf" 0:4


Barchaga yoqimli tomosha tilaymiz.

Reyting: -37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика