So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  7 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  10 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  35 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  13 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  272 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1 19:50Расман: "Барселона" ҳимоячиси "Эльче"га ўтди  0 19:19"Байер" "Ал Қодисия" ярим ҳимоячисини 25 млн еврога сотиб олди  0 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  39

Ichki hissiyot. Bugun Toshkentda "sug'ur kuni" bo'ladimi? Yangiliklar

Ichki hissiyot. Bugun Toshkentda "sug'ur kuni" bo'ladimi?

Har qanday narsaning ibtidosi bo'lgani kabi intihosi yani yakuni ham bor.


Bunyodkor

Andriya Filipovich - 35', Usmonali Ismonaliev - 78'

Superliga. 26-tur

30/11/2024, 15:00

0
:
2
Tugadi

Paxtakor

45'
90'
10'  Boburbek Yuldashev (Aleksandr Zevadinov)
35'  Andriya Filipovich
35'  Asadbek Rahimzhonov
78'  Usmonali Ismonaliev


Bugun Superliganing 2024 yilgi mavsumiga rasman yakun yasaladi. Odatda so'nggi turlarga kelib barcha narsa kundek ravshan bo'lib ulgurgan, shu bois o'yinlar rasmiyatchilik maqomini olardi. Lekin bugungi uchrashuvlarning barchasida intriga saqlanib qolingan. Bizni 1 ta emas, 2 ta derbi kutmoqda. Ulardan biri Toshkent derbisidir. "Bunyodkor" o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi. Bu o'yin "sherlar" uchun hech qanday ahamiyatsiz bo'lsada Superligada qolish masalasini to'liq hal qilmagan "qaldirg'ochlar" uchun muhimlilik darajasi yuqori. 

Kayfiyatsiz "Paxtakor"

So'nggi o'yinlarda "Paxtakor"ning kayfiyati chog' emas. Sovrinli o'rinlar uchun kurashni boy berdi. Boz ustiga SHackix va CHeran, Sobirxo'jaevning jamoada yo'q bo'lib qolgani chetdan shubhalarni yanada oshirdi. Jamoa so'nggi 5 ta uchrashuvning faqat 2 tasida 3 ochkoni qo'lga kirita oldi. 3 ta o'yinda mag'lub bo'ldi. Bu borada jamoa Superliganing 10-jamoasi bo'lib turibdi. Ular so'nggi bor 31 oktyabr kuni "Andijon"ni taslim qilgan. 25-turdan so'ng chempionatni medallarsiz tugatishi aniq bo'lgan "Paxtakor" 8 yil oldingi antirekordini takrorladi. 2016 yil klub mavsumni 5-o'rinda yakunlagan. Ertaga g'alaba qozonilgan taqdirda faqat 1 pog'ona ko'tarilish imkoni bor, xolos. Bu esa hech narsani anglatmaydi. Bugun futbolchilar bosimsiz harakat qilishadi va muxlislar uchun mavsumni tugatib qo'yishadi, tamom. CHeran uchun esa xayrlashuv uchrashuvi bo'lmaydi. Bu mavzuga nuqta qo'ydik. Motivaciya esa maydon egalari tomonida. 


Ikkinchi davrada ishtahasi ochilgan "Bunyodkor"

"Bunyodkor" Ilyos Zeytullaev qo'l ostida ikkinchi davrada birinchisiga qaraganda mazmunliroq ko'rina boshladi. Yozgi transferlar vaqtida ham sifatli selekciyani amalga oshira oldi. So'nggi 10 ta o'yinda "qaldirg'ochlar" 16 ochko jamg'ardi, oxirgi 5 ta bahsda esa faqat 1 bor mag'lub bo'ldi. 2 ta durang, 2 ta g'alaba. Ayniqsa, "Olimpik" ustidan qozonilgan yutuq Superligada qolish yo'lida asqotishi turgan gap. Yuqorida sifatli transferlar haqida gap bordi. Andriya Filipovich degan nomga ko'p bor to'xtalmoqdamiz. Jamoaning asosiy figurasiga aylanib bo'lgan xorvatiyalik legioner 12 ta o'yinda 4+4=8 ko'rsatkichini qayd etdi. U gol urgan yoki uzatma qayd etgan bahslarda jamoasi mag'lubiyatga uchragani yo'q. Darvoza chizig'idagi muammolar Hamidullo Abdunabiev orqali barham berildi. Garchi u birinchi davrani "Olimpik"da o'tkazgan bo'lsada, "Bunyodkor"ga tezda moslashib ketdi. Darvozabonlar statistikasida u 60 ta seyv bilan kuchli uchlikda bormoqda. Bir nechta o'yinlarda jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Sifatsiz transfer deya qaralgan Luis Kachorriga moslashish uchun vaqt talab etildi. Keyinchalik o'zini ko'rsatishni boshladi, murabbiylar unga 11 ta bahsda imkoniyat berishdi va bu o'yinlarda Italiyada tug'ilgan albaniyalik hujumchi 3 ta gol 1 ta assist muallifiga aylandi.



O'zaro uchrashuvlar yoxud "sug'ur kuni" 

SHu kungacha jamoalar Superliga doirasida 37 marotaba to'qnash kelishgan. Bu o'yinlarda ustunlik "sherlar" tomonida 15 g'alaba. "Bunyodkor" 13 ta o'yinda zafar quchgan. 9 ta bellashuvda murosa ko'chasi tanlangan. Qiziq holat, 5 yildan buyon jamoalar o'rtasidagi mavsumdagi 1 ta o'yin 3:2 hisobida "Bunyodkor"ning g'alabasi bilan yakunlanmoqda. Sug'ur kuni davom etadimi?

27.11.2019. "Paxtakor" - "Bunyodkor" 2:3

05.11.2020. "Bunyodkor" - "Paxtakor" 3:2

27.11.2021. "Bunyodkor" - "Paxtakor" 3:2

29.06.2022. "Paxtakor" - "Bunyodkor" 2:3

01.12.2023. "Paxtakor" - "Bunyodkor" 2:3

30.11.2024 ?

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика