Ibrohimhalil Yo'ldoshev "Nijniy Novgorod"ning xorijiy yig'iniga bormadi. Unga Turkiya va O'zbekistondan qiziqish bor
10 jan 16:41
Yangiliklar
Ibrohimhalil Yo'ldoshev "Nijniy Novgorod"ning xorijiy yig'iniga bormadi. Unga Turkiya va O'zbekistondan qiziqish bor
Bugun klub qishki yig'inni o'tkazish uchun BAAga yo'l oldi.
Birinchi yig'in 10 yanvardan 23 yanvargacha Ajman shahrida o'tkaziladi. Etiborlisi, jamoa ro'yxatida o'zbekistonlik qanot himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev yo'q.
Malumotlarga qaraganda, 22 yoshli futbolchiga "Navbahor" va "Qizilqum", shuningdek, Turkiya jamoalaridan qiziqish mavjud.
Avvalroq "Nijniy Novgorod" Ruslan Jiyanovni "Navbahor"ga 1 yilga ijaraga bergan edi.
Fikrlar