Ibrohim Halil Yo'ldoshev: "Turnirda birinchi o'rinni qo'lga kiritmoqchimiz"
18 iyu 2023 00:20
Yangiliklar
Ibrohim Halil Yo'ldoshev: "Turnirda birinchi o'rinni qo'lga kiritmoqchimiz"
O'zbekiston hamda Tojikiston terma jamoalari o'rtasidagi bahsdan (5:1) so'ng Ibrohim Halil Yo'ldoshev ushbu o'yin haqida fikr bildirdi.
Ibrohim Halil Yo'ldoshev: "Yaxshi o'ynadik, birinchi bo'limda biroz omad etishmadi, vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda esa o'zimizga keldik, gollar urdik, zaxiradan tushganlar ham ajoyib harakat qilishdi".
- Turkmanistonga qarshi bahsda terma jamoa o'ziga o'xshamadi, bugun siz va boshqalar bemalol "ijod" qilishdi.
- Turkmaniston terma jamoasi futbolchilari ko'proq azartga ega edi. Tojikiston bilan bahsda xatolar kamroq bo'ldi, Turkmanistonga qarshi uchrashuvda ko'p vaziyat yarata olmadik.
- Eronga qarshi bo'ladigan bahs haqida fikrlaringiz?
- Eron Osiyoning eng zo'rlaridan biri. Muxlislarni xursand qilib, birinchi o'rinni qo'lga kiritmoqchimiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar