Ibragimovich restoranga borgani va karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortiladi
13 apr 2021 00:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630649_original.jpg)
![](/upload/storage/630649_220.jpg)
Ibragimovich restoranga borgani va karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortiladi
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich karantin qoidalarini buzganlikda gumonlanmoqda.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, futbolchi do'sti Tano Simonato hamda "Milan"ning sobiq himoyachisi Ignasio Abate bilan birgalikda mahalliy restoranlardan birida niqobsiz, bir necha insonlar bilan o'tirgan.
"Ibra va uning do'stlari bilan restoranda ikki soatcha o'tirdik va uyga ketdik", - deb tasdiqlaydi Tano Simonato.
Milan ayni damda qizil ro'yxatga kiritilgan shahar. U erda restoranlar yana yopilishi rejalashtirilmoqda. Qoidalarni buzgan Zlatan esa moddiy jarimaga tortiladi.
Ushbu mavsumda 39 yoshli hujumchi A Seriyaning 17 o'yinida maydonga tushib, 15 gol va 2 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar