Ibragimovich MYUga qarshi o'ynamaydi

Alisher
11 mar 2021, 15:07
Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich "Milan"ga Yevropa Ligasi 1/8 final dastlabki o'yin doirasidagi MYUga qarshi bahsda yordam bera olmaydi.

Bu haqda italyan klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

39 yoshli hujumchi jarohati sabab qaydnomadan o'rin olmadi. Ibragimovich fevral oyi so'nggida jarohat olgan edi.

Ilk o'yin bugun "Old Trafford" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: acmilan.com