Ibragimovich: "Manchester Yunayted" o'z shahrining bossi bo'lishini istayman"
26 okt 2016 18:45
Yangiliklar
Ibragimovich: "Manchester Yunayted" o'z shahrining bossi bo'lishini istayman"
"Siti" Angliya chempionati doirasida "Yunayted"ni mag'lub etishga ulgurgan.
"Bo'lib o'tgan ishni qaytara olmaysan, ammo bizda yana "Siti" bilan o'ynash imkoniyati bor. Sentyabrda yomon o'ynadik, chunki derbida mag'lub bo'ldik, ammo Liga Kubogida olg'a qadam tashlash kerak. O'z kuchimizga ishonamiz va bu asosiysi.
"Siti" sharafini o'z ishini biladigan sifatli futbolchilar himoya qiladi, ammo biz ham nima talab qilinishini tushunib turibmiz. Jamoalarimiz ashaddiy raqib hisoblanadi, chunki ikkala klub ham bir shaharda joylashgan. "SHaharliklar" - havoranglilar, biz - qizillar. Doimo o'z shahrimizning bossi bo'lgimiz keladi.
Bunday uchrashuvlarda ishtirok etish borasida katta tajribam bor. Bunday bahslarni Evropaning turli chekkalarida his qilib ko'rganman va ularda bir necha marotaba g'alaba qozonganman. Bu bahsda ham muvaffaqiyatga erishaman deb umid qilaman" - deydi Ibragimovich.
Fikrlar