Ibragimovich jamoadoshlariga sovg'a ulashdi

Sherzod Nurmatov
20 noya 2020
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich jamoadoshlariga Play Station 5 konsolidan sovg'a qilib, ularni xursand qildi.

O'yin pristavkasi payshanba kuni sotuvga chiqdi, ammo shved yulduzi allaqachon butun to'plamni sotib olgan.

Takidlash joizki, PS5 narxi 420 evrodan 520 evrogacha turadi.

39 yoshli Ibragimovich ushbu mavsum "Milan" tarkibida 9 o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia