Ibragimovich faoliyatini yakunlashdan qo'rqadi
23 mar 2022 20:46
Yangiliklar
Ibragimovich faoliyatini yakunlashdan qo'rqadi
"Milan"ning shveciyalik hujumchisi Zlatan Ibragimovich futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o'ylay boshlaganida o'z his-tuyg'ulari haqida gapirdi.
"Faoliyatimni yakunlash borasida biroz vahima bor. Albatta, biror-bir natijaga erisha olsam, imkon qadar to'p tepishda davom etaman.
Futbolda his qiladigan adrenalinni keyinchalik boshqa erda hech qachon his qilmasligimni bilaman. Futbolchilarning uyg'onish, mashg'ulotlarga borishi, uyga qaytishi va dam olish uchun rejalashtirilgan holda olib boriladi. Bu jarayon 20-25 yil davom etadi.
Bir kuni men uyg'onaman va hech qanday reja yo'qligini sezaman. Bu g'alati hissiyot hisoblanadi.
O'ylaymanki, meni maydonda boshqa o'yinda ko'rmasligingiz sizni qattiq xafa qiladi. Mening maydondagi harakatlarimdan rohatlaning, chunki bunday voqeani keyinchalik ko'rolmaysiz", - dedi 40 yoshli futbolchi.
Fikrlar