Ibragimovich: "Donnarumma - eng zo'r darvozabon"
15 jan 2021 14:34
Yangiliklar
Ibragimovich: "Donnarumma - eng zo'r darvozabon"
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich milanliklar posboni Janluijji Donnarumma haqida gapirdi.
"Donnarumma - dunyoning zo'r posboni. Biroq u hali ham ECHLda birorta o'yinda qatnashmadi. Bu esa yomon", - dedi 39 yoshli forvard.
Donnarumma 2015 yildan buyon "rossoneri" tarkibida harakat qilmoqda. Uning klubi bilan shartnomasi ushbu mavsum yakunlanadi.
21 yoshli darvozabon ushbu mavsum A Seriyaning 16 o'yinida qatnashib, 16 gol o'tkazib yubordi.
Fikrlar