Ibragimovich Del Peroni ortda qoldirdi

Narzulla Saydullayev
11 dek 2014, 11:21
PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich YCHL doirasidagi Barselonaga qarshi o'yinda (1:3) gol urib musobaqa to'purarlar orasida 10-o'ringa chiqib oldi.
33 yoshli shved ushbu musobaqada 6ta turli klub safida 42 ta gol urgandi. Kechagi gol tufayli u Alessandro Del Perodan oshib ketdi.

Real hujumchisi Karim Benzema Ibragimovichdan ikkita kam gol urgan.

YCHLda atiga beshta futbolchi 50ta gol urgan: Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Raul, Rud van Nistelroy va Terri Anri.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru