Ibragimovich 41 yoshga to'ldi
03 okt 2022 19:29
Yangiliklar


Ibragimovich 41 yoshga to'ldi
3 oktyabr, dushanba kuni zamonamizning eng mashhur futbolchilaridan biri Zlatan Ibragimovich tug'ilgan kunini nishonlamoqda. "Milan" hujumchisi 41 yoshga to'ldi.
SHunga qaramay, Zlatan Ibragimovich hamon yuqori saviyada o'ynashni istaydi. Biroq 2022/2023 yilgi mavsumda shved hujumchisi tizzasidan olgan jarohati tufayli hali maydoniga tushmadi. Ibragimovich yanvar oyida qaytishi kutilmoqda.
Faoliyati davomida Zlatan Ibragimovich "Malmyo", "Ayaks", "Yuventus", "Inter", "Barselona", PSJ, "Manchester Yunayted", "Los-Anjeles Gelaksi" va "Milan" klublarida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar