So’nggi yangiliklar

18:15Суперлига. "Қизилқум" – "Металлург" 1:0 (матнли трансляция)  4 18:00Суперлига. ОКМК – "Локомотив". Таркиблар маълум  0 17:54U-20 Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитой Тайпейи устидан ишончли ғалабага эришди, Равшан Хайруллаевдан дубль!  20 17:30Луис Энрике: "Маошимнинг бир қисмидан воз кечишга тайёрман, лекин ОАВ билан мулоқотга киришмайман"  0 17:25Футзал бўйича ЖЧ. Таиланд - Франция (онлайн ҳисоб)  1 16:40"Биз робот эмасмиз. Ўйинлар сонини камайтириб, сифатини ошириш керак" — Сон  0 16:23Суперлига. "Қизилқум" – "Металлург". Таркиблар маълум  0 15:39Қозоғистон Жаҳон чемпиони Португалияни уйига жўнатиб юборган ўйиндан ўзгача ГАЛЕРЕЯ  4 14:53Испанияда "Реал" билан боғлиқ ирқий можаро авж олди  17 14:14Футзал афсонаси Рикардиньо Португалия терма жамоасининг мағлубиятига муносабат билдирди  4 13:45Португалия футзал термаси аъзоси Тиаго Брито: "Спортда ҳар доим ҳам кўпроқ ҳужум уюштирганлар ғалаба қозонавермайди"  0 13:22Жорже Браз: "Португалия футзалчилари спортчи бўлиш нимани англатишини кўрсатишда давом этаётгани фахр туйғусини бахш этади"  0 12:57Қозоғистон термаси футзалчиси Даурен Турсагулов: "Португалия термаси устидан қозонилган ғалабани қозоқ халқига бағишлаймиз"  2 12:36ПСЖ собиқ футболчиси Кипр чемпионатига ўтади  1 12:14ОАВ учун финалолди расмий тадбирлар ҳамда аккредитациялаш режаси тақдим этилди  1

Ibra "Napoli"ni engdi, "Inter"ning jaxli chiqdi va boshqa uchrashuvlar: A Seriya 8-tur yakunlari Yangiliklar

Ibra "Napoli"ni engdi, "Inter"ning jaxli chiqdi va boshqa uchrashuvlar: A Seriya 8-tur yakunlari

Teglar :  Italiya A Seriya
21-22 noyabr kunlari A Seriya 8-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"Yuventus" "Kalyari"dan kuchliroq

Andrea Pirlo odatiy 3-5-2 sxemasidan bu safar foydalanmaslikka qaror qildi va 4-4-2 taktik sxemasini qo'llab ko'rdi. Natijada ham Bernardeski ham Kulushevski asosiy tarkibdan o'rin oldi. Aynan shveciyalik o'yindagi birinchi imkoniyatga ega bo'ldi, lekin Kuadradodan to'pni qabul qilgan Kulushevskining zarbasiga aniqlik etishmadi. "Yuventus" vaziyatlar yaratardi va bu oxir-oqibat golga olib keldi. Morata to'pni Krishtianuga etkazdi, u esa jarima maydoniga kirib, zarba yo'lladi. Tanaffusgacha "byankoneri" yana bir bor raqib darvozasini ishg'ol qilishni uddaladi. Kuadrado burchak zarbasini amalga oshirdi, Demiral to'pni yanada qulayroq vaziyatdagi Ronalduga etkazdi va portugaliyalik yaqin masofadan oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 

Ikkinchi bo'limda umumiy kartina deyarli o'zgarmadi, "Yuventus" hujum qilishda davom etdi va Kuadrado eng faollardan biri bo'ldi. SHu kuni sardorlik bog'ichi bilan maydonga tushgan kolumbiyalik avvaliga katta tezlikda jarima maydoniga yorib kirdi va to'pni yaqin burchakka yo'naltirdi, lekin Pirlo shogirdlari burchak to'pi bilan kifoyalanishdi. Burchakdan yana Kuadrado to'pni o'yinga kiritdi va Demiralning yo'llagan zarbasi to'singa tegib qaytdi. O'yin oxirrog'ida Bernardeski qulay imkoniyatga ega bo'ldi, lekin Krano bu safar jamoasini qutqara oldi. "Kalyari" esa aytarli vaziyat yarata olmadi. Jamoa shu kuni maydonga tushgani ham deyarli sezilmadi va shu sababli hisob yanada yirik ko'rinish olmaganidan xursand bo'lsa arziydi. "Yuventus" esa yaxshi o'yin o'tkazdi, uch ochko qo'lga kiritildi va progressga umid bor.


"Inter"ning jaxli chiqdi

“Buqalar”ga qarshi bellashuv mezbonlar uchun chindan o'ta muhim edi, lekin o'yin starti Konte shogirdlari uchun u qadar omadli bo'lmadi. Hujumlar yakunlanmay qolaverardi va Sirigu deyarli ishsiz qolib ketdi. Birinchi bo'limda barchasi shu yo'sinda yakunlanardi, agar "neradzurri" himoyasi qo'pol xatoga yo'l qo'ymaganida. Simone Dzadza raqibning bu sovg'asini begona qilmadi. Bundan avvalroq "Torino" safida Simone Verdi jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo'lgandi. "Inter" noqulay vaziyatga tushib qolgandi, ammo asosiy voqealar hali oldinda kutardi.

Ikkinchi bo'limda ham "Inter" uchun muammolar davom etardi. "Torino" o'n bir metrlik jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi va mezbonlarning sobiq azosi Ansaldi kuchli zarba bilan oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Bu goldan keyin "Inter" "uyg'ondi" va bir daqiqa o'tib gol urdi. Lukakuning zarbasidan keyin to'p to'singa tegdi, qaytgan to'p uchun kurashda avvaliga Romeluning o'zi faollik ko'rsatdi va keyin Sanches uni darvoza to'riga yo'lladi. "Inter" tezlik oldi va oradan 3 daqiqa o'tib, yana gol urdi. Lukaku bu safar Sanchesning uzatmasidan keyin o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Bundan keyin biroz tin olgan futbolchilar oxirgi daqiqalarda yana faollashishdi. "Buqalar" darvozasi tomon anchagina bahsli penalti belgilandi. Lukakuni bu masala umuman qiziqtirmasdi va belgiyalik ishonch bilan imkoniyatidan foydalandi. "Inter" oradan bir necha daqiqa o'tib yana bitta gol urishga erishdi, Perishich oldinroqda turgan Lukakuni qulay vaziyatga chiqarib yubordi, Romelu esa o'z navbatida Lautaroni to'p bilan taminladi hamda argentinalik adashmadi. ECHLdagi muhim bahs oldidan Konte shogirdlari uchun muhim g'alaba.


Zlatanni maydonda to'xtatib bo'lmayapti

Etakchilar o'rtasidagi bellashuv katta qiziqish bilan kutilgandi. Jamoalar dastlabki daqiqalarda u qadar yorqin o'yin namoyish etmagan bo'lsa-da, uyog'iga anchayin tomoshaboplik borasida muammo bo'lmadi. Vaziyatlardan birida Teo ajoyib uzatmani amalga oshirdi Zlatan esa Kulibalini ortidan chiqib keldi va to'pni darvozaga yo'lladi. Kulibali vaziyatni o'nglash uchun oldinga oshiqdi. Aynan Kalidu to'pni Mertensga etkazdi va belgiyalik futbolchi zarba yo'lladi, biroq Donnarumma o'z o'rnida. Oradan yana ikki daqiqa o'tib posbon Bakayokoning zarbasini "oldi", Di Lorenco esa to'sinni nishonga oldi. "Milan" esa birinchi bo'limda boshqa vaziyatga ega bo'lmadi.

Ikkinchi bo'lim boshida esa Rebich qanotdan oldinga o'tdi va to'pni jarima maydoniga yo'naltirdi, u erda esa Zlatan yana barchani ortda qoldirdi. 8-uchrashuvda 10-gol va yangi rekord. Afsuski jarohat olgani sabab Ibra uchrashuvni ertaroq yakunlashga majbur bo'ldi va malum muddat jamoasiga yordam bera olmaydi. "Napoli" oradagi farqni shu zahoti qisqartirdi. Bakayoko to'pni raqibdan olib qo'ydi va Lozano jarima maydonidagi Mertensni to'p bilan taminladi hamda Dris adashmadi. Ammo oradan ko'p o'tmay Bakayoko yana to'p uchun kurashga kirishdi, lekin bu safar natija u qadar ideal bo'lmadi va "Milan"ning vazifasini osonlashtirdi. "Napoli" undan keyin ham qulay imkoniyatlar ega bo'ldi, lekin foydalana bilmadi. O'yin so'ngida esa zaxiradan o'yinga qo'shilgan Xeuge "Napoli" himoyasi o'ng qanotini yana bir bor dog'da qoldirdi va A Seriyadagi ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi. "Milan" etakchilikni saqlab qoldi, lekin Zlatansiz qiyin bo'lishi aniq. "Napoli" esa himoya chizig'idagi kamchiliklari ustida ishlashi talab qilinadi.


Noqulay ob-havo "Lacio"ga "Krotone" bilan bahsda to'siq bo'la olmadi

"Akulalar" mavsumning asosiy autsayderi va g'alaba qozonmagan yagona jamoa. "Yuventus"ga qarshi o'yindan keyin "Lacio"ga ham oson bo'lmasligi taxmin qilingandi. Qo'shimchasiga yomg'ir yog'ib, maydon holati "burgutlar" hujum uyushtirishini yanada qiyinlashtirardi. Aslida normal hayot tarzida bu o'yin qoldirilgan bo'lardi. Ammo hozir A Seriya grafigi bunga imkon bermaydi. Tabiiyki, o'yin havodan etkaziladigan uzatmalar orqali qurildi va ularning birini Immobile golga aylantirdi. "Lacio" anchagina qulay imkoniyatlarga ega bo'ldi, lekin to'p darvoza to'riga "borishni istamasdi". Nafaqt havo, balki "Krotone" darvozaboni ham bunga to'sqinlik qilardi. Mezbonlar esa oldinga o'tish haqida deyarli o'ylamasdi.

Ikkinchi bo'limda vaziyat biroz yaxshi tomonga o'zgardi, maydon biroz qurigandek. Bundan Xoakin Korrea foydalandi, yarim himoyachi raqiblarini dog'da qoldirgach, o'tkir burchakda bo'lishiga qaramay to'pni darvozabon eta olmaydigan tarzda yo'lladi. Keyin yana yomg'ir yog'a boshladi, bu esa "Lacio"ga noqulaylik tug'dirardi, lekin "burgutlar" niyatiga etib bo'lgandi va ularga ortiq gol kerak emasdi. "Krotone" esa o'yin oxirigacha Pepe Reynani amalda bezovta qila olmadi. ECHL bahsidan oldin bazi futbolchilarning safga qaytgani, "burgutlar" muxlislarini xursand qilmay qolmaydi.


"Roma" "Parma"ni yirik hisobda engdi

Paulo Fonseka ushbu bellashuvdan avval jarohat sababli qator futbolchilaridan ayrildi. Biroq boshqa futbolchilar imkoniyatga ega bo'ldi. Misol uchun, Borxa Mayoral. Ispaniyalik futbolchi ancha faol edi va aynan u Spinnacolaning uzatmasidan keyin hisobni ochdi. "Parma" esa hujumda vaziyat yarata olmasdi. "Roma" bundan foydalandi va tinmay hujum uyushtirdi. Spinnacola qanotdan oldinga o'tdi va to'pni Mayoralga uzatdi, hujumchi o'z navbatida Mxitaryanni to'p bilan  taminladi, Genrix esa 35 metrlardan ajoyib zarba bilan oradagi farqni ikkitaga oshirdi. "Roma" masalani tanaffusgacha hal qilib qo'ya oldi. Karsdorpning uzatmasidan keyin Mxitaryan yana to'pni darvoza to'riga yo'naltirdi. 2-uchrashuvdagi 4-gol.

Tanaffusdan keyin ham jamoalar bazi vaziyatlarga ega bo'lgan bo'lsa-da, uch ochko taqdiri hal bo'lganini barcha tushinib turardi. Mehmonlar safida Veretu, Jervinyu imkoniyatga ega bo'lgan bo'lsa, o'yin oxirida Mxitaryan xet-trik qayd etishi mumkin edi. Biroq Sepe armeniyalik futbolchining zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. "Roma" 3-pog'onada qoldi, "Verona" bilan o'yindagi texnik mag'lubiyat bo'lmaganida, yanada yuqoriroq bo'larmidi?! "Parma" A Seriya etakchilaridan biri bilan o'ynagan bo'lsa-da, bu qadar kuchsiz o'yin ko'rsatishini hech kim kutmagan bo'lsa kerak.

SHuningdek: "Atalanta" va "Speciya" darvozalarni ishg'ol qila olishmadi, "Udineze" minimal hisobda "Jenoa"ni mag'lub etdi, "Bolonya" safarda "Sampdoriya"ni engdi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика