So’nggi yangiliklar

10:50“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди  1 10:23“Ливерпуль“ яна тўртта трансферни амалга оширмоқчи  5 09:57“Краснодар“ футболчисига МЮ ва ПСЖ қизиқиш билдирмоқда  2 09:30Неймар “Сантос“ билан янги шартнома имзолади. Унинг янги маоши маълум  1 09:01Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир чорак финалчи аниқланади  2 08:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўртоқлик учрашувида йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  3 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги нимчорак финалчилар маълум  6 07:21Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2 га тушириб юборилди  3 02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  16 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  1 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  7 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  1 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  2 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  1 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  9

Husniddin Nishonov: "Jahon chempionatiga chiqishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Husniddin Nishonov: "Jahon chempionatiga chiqishga harakat qilamiz"

23-25 oktyabr kunlari Eronning Urmiya shahrida futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020ning saralash bahslari bo'lib o'tdi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi guruhda Afg'oniston, Tojikiston va Nepal bilan kurash olib bordi.

Uchala bahsda ham g'alabaga erishgan futzalchilarimiz 2020 yilning 24 fevralidan 10 martiga qadar Turkmaniston poytaxti Ashxabod shahrida bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo chempionatining final bosqichiga chiqishdi. Ushbu Osiyo chempionatida eng yaxshi natijaga erishgan 5ta jamoa futzal bo'yicha Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.

Biz Erondagi saralash bahslaridan so'ng terma jamoamiz azolari Husniddin Nishonov bilan suhbatlashdik.

- Saralashdagi uchala o'yinga alohida to'xtalib o'tsangiz...

- 2017 yil Ashxobodda o'tgan Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida Afg'oniston bilan to'qnash kelganmiz va o'shanda yutqazib qo'ygandik. Ana o'sha mag'lubiyat uchun revansh olishimiz shart edi. Bugungi kunda ularda ham, bizda ham tarkib anchagina yoshargan. Guruhimizda eng asosiy raqib aynan Afg'oniston edi. Dastlabki uchrashuvda g'alaba qozona oldik va bu bizga qo'shimcha kuch bag'ishladi.

Nepal bilan ochig'ini aytsam o'yinimiz qovushmadi. To'g'ri g'alaba qozondik, ammo yaxshi o'ynay olmadik. Bahsdan so'ng murabbiylar tanbeh berishdi, xatolarimizni ko'rsatib berishdi. Nepal bilan adashmasam ilk bor o'ynadik. O'ziga yarasha kuchli, yaxshi jamoa ekan.

Ikkala jamoa ham so'nggi turdan oldin yo'llanmaga ega bo'lgani uchun Tojikiston bilan uchrashuv qiziqarli o'tdi. Tezkor gollar o'tkazib yubordik. Murabbiylarimiz taym-aut olishdi va tezda o'zimizga kelib oldik. Vaziyatlardan foydalanib yirik hisobda g'alaba qozona oldik. Tojikistonga hozir yangi murabbiy kelgan va jamoa o'yinida o'zgarish bor. Murabbiylar saralash bahslarida uchala uchrashuvda ham g'alaba qozonish vazifasini qo'yishgandi. Xudoga shukur bu vazifani uddaladik.



- Keyingi yilgi Osiyo chempionatidan nimalar kutayapsiz? Musobaqa Turkmanistonda o'tadi va unda Jahon chempionati yo'llanmalari o'ynaladi.

- Yuqorida aytganimdek 2017 yil Ashxobodga borgandik. Muxlislar, zal, sharoitlar ajoyib bo'lgandi. Turkmanistonlik muxlislar futzalni sevishlarini ko'rsatishgandi. Umuman olganda bu safargi Osiyo chempionati ajoyib o'tadi deb o'ylayman. Eron, Yaponiya, Tailand nafaqat Osiyoning balki Jahonning eng kuchli jamoalaridan. Indoneziya, Vetnam, Livan va mezbon Turkmaniston ham o'z uyida bo'ladigan musobaqaga yaxshi tayyorlansa kerak. Guruhda qaysi jamoa tushishidan qatiy nazar Jahon chempionatiga chiqishga harakat qilamiz. Men murabbiylarimiz Bahodir Ahmedov va Nodir Eliboevga to'liq ishonaman. Xudo xohlasa Turkmanistondagi Osiyo chempionatidan yuzimiz yorug' bo'lib qaytamiz.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика