Husniddin G'ofurovning jamoasi ilk bor ochko yo'qotdi
03 avg 2015 15:42
Yangiliklar


Husniddin G'ofurovning jamoasi ilk bor ochko yo'qotdi
Serbiya oliy ligasida to'p tepayotgan hamyurtimiz Husniddin G'ofurovning “Yavor” klubi 3-turga kelib ilk bor ochko yo'qotdi.
Ivanicaliklar kecha safarda Serbiyaning grand jamoalaridan biri – “Voyvodina” mehmoni bo'lib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
“Yavor Ivanica” jamoasi dastabki ikki turda g'alaba qozongan edi. Kechagi uchrashuvda G'ofurov boshlang'ich tarkibda maydonga tushirildi va bir bo'lim maydonda harakat qildi.
Mag'lubiyatga qaramay, “Yavor” turnir jadvalida 3-o'rinda qoldi. Ikkinchi o'rinda borayotgan “Partizan” klubi hisobida ham 6 ochko bor. Yuz foizlik natija qayd etib turgan “Borac” jamoasi turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilyapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar