So’nggi yangiliklar

08:36Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  105 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  31 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0

Husniddin G'ofurov: “Yavor”ning yutuqlariga o'z xissamni qo'shish uchun bor kuchimni ishga solaman” Yangiliklar

Husniddin G'ofurov: “Yavor”ning yutuqlariga o'z xissamni qo'shish uchun bor kuchimni ishga solaman”

Tan olish kerak, yozgi transfer oynasi xar galgidanda shov-shuvli xaridlar bilan qizib bormoqda.
Oldinroq xabar berganimizdek, Toshkentning “NBU-Osiyo” jamoasi hujumchisi Husniddin G'ofurov bundan bir necha kun oldin Serbiyaga jo'nab ketgandi. Boisi 19 yoshli futbolchi Ivanicaning “Yavor” jamoasi murabbiylari etiboriga tushib qolgandi. SHuning uchun kelishuvga binoan futbolchi dastlab, Ivanicaga borib jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etishi va harakatlari manzur bo'lsa, keyin o'zaro shartnoma imzolanishi ko'zda tutilgandi. Yakunda esa istedodli hujumchining harakatlari xorij klubining murabbiylariga maqul kelgan ko'rinadi. Sababi G'ofurovga kuni-kecha “Yavor” rahbariyati shartnoma taklif qilgan. Bunga labbay deya javob bergan birinchi liganing birinchi bosqichdagi to'purari, yangi jamoasi bilan uch yillik bitimga imzo chekdi. Endilikda hamyurtimiz o'zini Serbiya premer ligasida ko'rsatishi kerak bo'ladi. Buni ayni paytda futbolchining o'zi ham juda yaxshi xis etib turganini suhbat davomida bilib olish qiyin emasdi.

Kelishuvga erishilganidan so'ng G'ofurov hamkorimiz “Futbol Ekspress” nashriga maxsus intervyu berdi.

- Salom, Husniddin sizni “Yavor” bilan kelishuvga erishganingizni eshitdik. Kayfiyatlar ham shunga monand yuqori bo'lsa kerak?

- Ha, albatta. Bu erga kelishimdan ko'zlangan maqsadim ham “Yavor” murabbiylarida iliq taassurot qoldirish va eng asosiysi kelgusi faoliyatimni evropada davom ettirish edi. Xudoga shukur, hammasi men uchun ijobiy yakun topdi. Yaqinda klub bilan uch yillik bitim imzoladim.

- Ochig'i, 19 yoshli futbolchining birinchi ligada o'ynab, Serbiya premer ligasi ishtirokchisi bo'lgan klubni etiboriga tushishi muxlislar uchun qiziq tuyulmoqda. Aytingchi, evropa klubiga o'tish jarayoni avvaliga qanday boshlangandi o'zi?

- Bilasizmi, ilgari ham xorijda to'p tepishim mumkin edi. CHunki o'z vaqtida Qozog'istonning “SHaxtyor” jamoasidan ham taklif bo'lgandi va o'shanda mazkur klubning yig'inida bo'lib qaytganman. O'sha vaqtda jamoani o'zbek futboli jamoatchiligiga tanish bo'lgan Viktor Kumikov boshqarardi. Ammo biroz yosh ekanligim bois, ozgina tajriba etishmagani deb o'ylayman. Balki xayojon bo'lgandir. SHundan so'ng, bor etiborimni “NBU-Osiyo”dagi faoliyatimga qaratdim va o'z ustimda astoydil ishladim. Bu yildan etiboran, asosiy tarkibda maydonga tushishni boshladim va guvohi bo'lganingizdek, bir qator gollar urishga erishdim. SHu bois yaqinda agentim “Yavor”dan qiziqish borligini, agar istasam Ivanicaga borib, ko'rikda ishtirok etishim mumkinligini aytdi. SHu tarzda Ivanicaga keldim va yig'inlarda qatnashdim. Mashg'ulotlarda ikki hissa kuch bilan ishladim. Bitta o'rtoqlik o'yinida murabbiylar bir bo'lim sinab ko'rishdi. Va shu tariqa yakunda jamoada qolishim oydinlashdi.

- Nahotki murabbiylar bitta o'rtoqlik o'yini orqali imkoniyatlaringizni to'liq bilib olishgan bo'lsa?

- Bilmadim, ular meni mashg'ulot jarayonida ham diqqat bilan kuzatishdi. Birinchi sinov-nazorat o'yinida boshlang'ich tarkibdan joy oldim va bir taym o'ynadim. Afsuski bu bahsda biz 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchradik. Qolgan nazorat o'yinlarida esa murabbiy boshqa futbolchilarni sinab ko'rdi. Men esa o'sha kuni mashg'ulotda qatnashdim.

- SHartnoma imzolanayotgan paytda, bosh murabbiy yoki klub rahbarlari bilan gaplashdingizmi?

- Hozircha, batafsil yakkama-yakka suhbatlashish imkoni bo'lmadi. Lekin ular menga ishonishmoqda. Buni hozirdan sezyapman. Yangi mavsumda jamoaga foyda keltiruvchi gollar urishimni kutishmoqda. Albatta men ham o'z navbatida ishonchni oqlash uchun, bor kuchimni ishga solaman.

- “Yavor”ning o'yin uslubi xususida nima deysiz. Unga moslashib olish jarayonini qanday o'tkazmoqdasiz?

- Bu erda texnikaga katta etibor qaratishar ekan. SHuningdek murabbiy futbolchilardan asosan qisqa paslar orqali hujum tashkil etishni talab qiladi. O'yin tezkor ancha. Asta sekin moslashib boryapman. Bu borada menga barcha futbolchilar yordam bermoqda. Umid qilamanki, debyut mavsumimda “yo'qolib” qolmayman.

- Bosh murabbiy Bogicha Bogivevich va uning o'tkazayotgan mashg'ulotlari qanday taassurot qoldirmoqda?

- Tassurotlar ijobiy. Evropa futboli muxiti hukmronlik qilmoqda xar holda. Bosh murabbiyning tajribali ekanligi ko'rinib turibdi. Garchi u bilan to'liq suhbatlasha olmayotgan bo'lsamda, Bogichevichning mendan umidi katta ekanligini his qilyapman. O'tkazayotgan mashg'ulotlari ham qiziqarli bo'lmoqda. Kuniga ikki mahaldan shug'ullanyapmiz.

- Sizdan boshqa yana o'zga davlatdan kelgan futbolchilar ham bo'lsa kerak?

- Ha, ayni paytda murabbiylar bir qator yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazmoqda. Ularning orasida legionerlar ham bir talay. Maqul kelganlari bilan esa shartnoma imzolanmoqda.

- Sizni u erda murabbiylar qaysi chiziqda sinab ko'rishmoqda?

- Bu erda ham odatdagidek, oldingi chiziqda harakat qilyapman.

- U xolda aytingchi, hujum chizig'idagi raqobat qay tarzda?

- Nafaqat hujumchi chizig'idagi, balki boshqa poziciyalardagi raqobat ham kuchli. Murabbiylar futbolchilarni munosiblarini olib qolishmoqda. Yangi mavsumda menga oson bo'lmasligini bilaman. Lekin osonlikcha yutqazishni istamayman, kurashaman.

- “Yavor”da klub bazasida istiqomat qilyapsizmi? Agar shunday bo'lsa, bazadagi sharoitlar qanday ekan?

- Yo'q, bu erga kelganimda shahardagi mehmonxonaga joylashtirishdi. Hamon shu erdaman. Klub qarorgohiga qachon ko'chib o'tishimni bilmayman. SHaroitlarga keladigan bo'lsak, hammasi yaxshi.

- Ivanica shahri va yangi jamoangiz yoqdimi?

- Albatta, “Yavor” menga juda yoqdi. Klub o'z tarixiga ega, 1912 yili tashkil topgan ekan. Bu erda hammasi professional tarzda ish yuritadi. SHaharga kelsak, bilishimcha, Ivanica katta viloyat emas ekan. Kichkina shaharcha desa ham bo'ladi. Ammo shunga qaramay, Ivanicada zerikib qolmaysiz. Ancha ko'nikib ham qoldim.

- Til borasida qay tarzda yo'l tutmoqdasiz? Yoki ingliz tilini bilasizmi?

- Yo'q, hozircha birgina shu muammo bo'lib turibdi. Bu erda ingliz tilini mukammal biladigan tanishim bor. Aynan shu inson menga bu borada yaqindan yordam bermoqda.

- Demak, ingliz tilini o'rganishga kirishsangiz ham bo'ladi. SHunday qilasizmi?

- Yo'q, men bu erda mahalliy tilni o'rganishni boshlab yubordim. Yani hozircha Serb tilini o'rganmoqchiman.

- “Yavor” rahbariyati yangi mavsum arafasida klub oldiga qanday vazifa qo'ymoqda?

-  Hozircha bu haqda hech gap yo'q. Taxminimcha, chempionat boshlanishiga bir-ikki kun qolganida yig'ilash o'tkaziladi va o'shanda maqsad va vazifalar aytilsa kerak.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика