Husniddin G'ofurov olimpiya terma jamoasidan taklif oldi
25 noy 2015 23:02
Yangiliklar


Husniddin G'ofurov olimpiya terma jamoasidan taklif oldi
Xabaringiz bor, keyingi haftada Viktor Jalilov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yanvar oyidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni boshlaydi.
30 noyabrda Toshkentda yig'iladigan jamoa 2-14 dekabr va 19-28 dekabr kunlari Dubayda yig'in o'tkazadi.
Ushbu yig'inga Serbiyaning "Yavor" klubida o'ynayotgan hamyurtimiz Husniddin G'ofurov taklif etilgan. Olingan malumotlarga ko'ra, yig'inga 30 nafar futbolchi chaqirilgan.
2-9 yanvar kunlariga mo'ljallangan yakuniy yig'in ham Dubayda o'tishi mo'ljallangan. Keyin olimpiyachilarimiz Doxaga yo'l oladi va 13 yanvarda Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasiga qarshi uchrashuv bilan Osiyo Kubogidagi ishtirokini boshlaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar