Husayn Norchaev: "Qarshidagi o'yinda muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz"
07 mar 2021 12:26
Yangiliklar


Husayn Norchaev: "Qarshidagi o'yinda muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz"
O'zbekiston Superkubogidan o'rin olgan "Paxtakor"– "Nasaf" o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng "ajdarlar" hujumchisi Husayn Norchaev fikrlarini bildirib o'tdi.
"Faoliyatimdagi ilk Superkubok bahsi omadsiz o'tdi. Lekin biz yaxshi o'yin o'tkazdik, deya olaman. Qaysidir pallada omad yoki tajriba etishmadi. O'yin davomida bir qancha golli vaziyatlar yaratdik.
Bu yil hujum chizig'ida o'ynashim menga bosim yuklamasligi kerak, deb o'ylayman. Avvalgiga qaraganda ikki karra kuchliroq harakat qilishim zarur. Murabbiylarning ishonchini oqlash uchun bor kuchimni ishga solaman. Qarshida ham bizni oson bo'lmagan o'yin kutmoqda. Revansh hissi qo'shimcha kuch berishi tayin. Nasib qilsa, chiroyli g'alaba bilan muxlislarni xursand qilishga intilamiz",- deydi Norchaev.
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar