So’nggi yangiliklar

15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  0 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  1 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  2 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  8 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  1 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0

Husanov atrofidagi turli gap-so'zlarga chek qo'yish kerak Yangiliklar

Husanov atrofidagi turli gap-so'zlarga chek qo'yish kerak

Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ga o'tganidan beri hamma uni gapiryapti.

Shu o'rinda bir narsani tushunaylik, og'ir kunlarni boshdan kechirayotgan "Siti" Husanovni bugungi kun qutqaruvchisi emas, balki ertangi kun yordamchisi sifatida xarid qildi. Agar bunday bo'lmaganida ular tajribali va ko'pni ko'rgan futbolchini xarid qilgan bo'lardi va bunga mablag' ham etarli edi.

"Siti" qishda xarid qilgan futbolchilar yoshiga etibor beramiz: Omar Marmush - 25, Abduqodir Husanov - 20, Vitor Reys - 19 yosh, Klaudio Echeverri - 19 yosh, Kristian Makfarlen - 19 yosh. Ko'ryapsizmi, birgina misrlik Marmushni hisobga olmasak, qolgan o'yinchilar 20 yosh va undan kichik. Bu bilan "Siti" ertangi kunga poydevor qo'yishni o'ylayapti.

Abduqodir Husanov - iqtidorli futbolchi, bunga shubha yo'q. Lekin u Fernando Yerro, Jon Terri yoki Van Deyk emas - birdaniga maydonga tushib hamma yukni o'z elkasiga oladigan. Abduqodir "Siti" uchun ertaga daraxt bo'lib meva beradigan novda. Klub ham, murabbiylar ham, shu jumladan Gvardiolaning o'zi ham bolani shu yoshda sinib qolishini xohlamaydi va uning maydonga tushishi, kerak paytda etakchi aylanishiga sekin-asta imkon beradi. Buni vaqt hukmiga havola qilish kerak.

Kecha tunda "Manchester Siti" ECHLning amaldagi g'olibiga qarshi o'ynadi. "Real"ga qarshi o'ynash hech qachon oson bo'lmagan. Bu jamoada istalgan himoyachilarga boshog'riq bo'la oladigan Vinisius, Rodrigo, Bellingem, Mbappe kabi futbolchilar bor. Tan olaylik, Abduqodir birdaniga shu kabi yulduzlarga qarshi o'ynab, himoyani "beton" qilib tashlaydigan darajada emas. U hali ko'p narsani ko'rishi, o'qib o'rganishi, mashg'ulotlarda tinmay mehnat qilishi lozim. Hali uning ham vaqti keladi.




Xo'sh, biz nima qilyapmiz? Biz hozirdan boladan katta ishlarni kutyapmiz. Sen "Siti"ga o'tding, Stounz, Akanji, Diash kabi futbolchilarni raqobatdan chiqarib tashla, ularning o'rnini o'zing egalla deyapmiz. Bu birdaniga bo'lib qolmaydi. Abduqodir - Serxio Ramos emas, bugun shartnoma tuzib ertaga asosiy tarkibda 90 daqiqa o'ynaydigan. Evropada doim etti o'lchab bir kesishadi.

Yana nima qilyapmiz? Husanov zaxirada qolsa "eh" deyapmiz. Lekin "Real"ga qarshi qaydnomaga kirishning o'zi ham katta gap ekanini unutib qo'yyapmiz. Gvardiola qaerda nima qilishni yaxshi biladi. Uning bir o'zi yakuniy qaror qabul qilgani bilan atrofida katta ilmiy guruh, kuchli shtab bor. Husanov Angliyaning eng zo'r oliygohlaridan biriga endigina birinchi kursga kirgan talaba. Undan birdaniga magistrlik diplopini talab qila olmaymiz. Agar o'xshatish joiz bo'lsa.

O'z paytida Shomurodovni nimalar qilmadik? Bizda shunaqa: sal yaxshi o'ynasa darrov osmonga olib chiqib qo'yamiz, oyni benarvon ur deymiz. Lekin bilmaymizki, bu oson emas. Balki Shomurodovning "golsiz mashina" bo'lib qolishiga qaysidir tomondan BIZ ham sababchi bo'lib qolgandirmiz.

Endi shu kabi holat Abduqodir Husanov bilan ro'y berishini xohlamaymiz. U "Real"ga qarshi o'ynamagani uchun uvvos solib yig'lash shart emas, vaziyatga real qaraylik. "Siti"dagilar qimmatbaho toshni avaylab asrashni va kerak paytda qanday foydalanishni yaxshi biladi. Hammamiz o'z jamoamizga muxlislik qilishda davom etaylik. Abduqodir "Siti"ga o'tdi deb "Barsa", "Real", "Milan" yoki "Yuventus"dan voz kechmaylik. Hali buniyam vaqti keladi.

X.Xoliqov.

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика