So’nggi yangiliklar

00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  1 23:58Шквирин "Андижон"да  2 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5

Humoyun Murtozaev: "Mashal"ga foydam tegsa, legionerga aylanishga tayyorman" Yangiliklar

Humoyun Murtozaev: "Mashal"ga foydam tegsa, legionerga aylanishga tayyorman"

"Mashal" jamoasi Superliganing birinchi turida Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'ldi.

Teng kurashlar ostida kechgan o'yinda muborakliklar kichik hisobda mag'lubiyatga uchrashdi (0:1). "Gazchilar" ushbu uchrashuvda engilgan bo'lishsa-da, o'yin davomida bir nechta golli vaziyatlar yaratishdi. Biz esa mazkur bahsdan so'ng "Mashal" safida faol harakatlari bilan ajralib turgan Humoyun Murtozaevning fikrlari bilan qiziqdik. 


- "Mashal" mavsumni "Bunyodkor"ga qarshi bahs bilan boshladi. Nima deb o'ylaysiz, chempionat starti arafasida murabbiy o'zgarishi o'z tasirini o'tkazdimi?

- Mavsumdagi birinchi uchrashuvimiz omadsiz o'tdi. Keyingi o'yinlarda yo'qotilgan ochkoni o'rnini to'ldirishga harakat qilamiz. Murabbiy o'zgarishiga kelsak, biz proffessional futbolchilarmiz, hamma narsaga tayyor turishimiz kerak. 

- Odatda "Bunyodkor"ga qarshi safarda o'ynaydigan jamoalar ko'proq himoyaga etibor qaratishadi. "Mashal" esa goldan keyingina oldinga o'tishga intildi...

- Aytib o'tganimdek, mavsumdagi birinchi o'yin bo'lgani sababli o'z o'yinimizni yuz foiz ko'rsata olmadik. Navbatdagi uchrashuvlarda hujumkor o'yin ko'rsatamiz. CHunki g'alaba zarur. "Bunyodkor" o'z uyida to'p bilan juda yaxshi harakat qiladi. 

- Ikki jamoaning o'z darajasida to'p tepa olmagani aldamchi holatmi yoki ko'p narsa tayyorgarlikka bog'liqmi?

- Menimcha ham shunday, dastlabki turlardagi natijalar aldamchi bo'lishi mumkin. O'yindan o'yinga kuchayib boramiz. Mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. 

- Qishda sizga Osiyo klublaridan takliflar bo'lgani haqida eshitdik...

- Qishda ham, ayni paytda ham takliflar bor. Agar klubga foydam tegadigan bo'lsa, ketaman.

- Agarda sir bo'lmasa, qaysi chempionatlardan chorlovlar kelib tushdi?

- Sir bo'la qolsin. 

- Jamoa ikkinchi turni Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi. Qura "Mashal"ga qiyin keldimi?

- "Paxtakor" kuchli jamoa. Lekin biz hech kimdan qo'rqmaymiz. Raqib kim ekanligi muhim emas. Maydonga faqat g'alaba qozonish maqsadida chiqamiz.

Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика