So’nggi yangiliklar

22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  1 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  2 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  5 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  8 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  10 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  18 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  5 20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  3 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  12 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  164 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  1 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  1 19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  2 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0

Hujumchidan himoyachiga aylangan Sanat SHixov bilan intervyu Yangiliklar

Hujumchidan himoyachiga aylangan Sanat SHixov bilan intervyu

Xabaringiz bor, shu yilning 7 iyun kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi safarda Urugvay terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Ana shu safar oldidan biz terma jamoadan birinchi marta chaqiruv olgan "Buxoro" klubi azosi Sanat SHixov bilan suhbatlashdik.

– Siz O'zbekiston yoshlar hamda olimpiya terma jamoalarida bir qator turnirlarda, jumladan, Misr davlatida bo'lib o'tgan Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgansiz. Milliy terma jamoa safiga esa birinchi marta jalb qilinmoqdasiz. Milliy terma jamoadan chaqiruv olganingizda nimalarni his qildingiz?

– “Qo'qon 1912” – “Buxoro” o'yinidan qaytayotganimizda murabbiyim Ulug'bek Baqoev meni terma jamoaga chaqirishayotganini aytganda to'g'risi ishonmadim, murabbiyimiz hazillashyapti, deb o'yladim. Keyin bu hazil emas, rost ekanini bilganimda, judayam hayajonlandim, bu voqea men uchun kutilmagan xabar bo'ldi. O'sha paytda qanday his-tuyg'ularni boshdan kechirganimni so'z bilan tariflash qiyin. Murabbiylarimiz menga shunchalik ishonch bildirib milliy terma jamoaga chaqirishgan ekan, bor kuch-g'ayratimni sarflab ushbu ishonchni oqlashga harakat qilaman.

– “Buxoro” klubi Superligada bu yil ancha samarali o'yin ko'rsatmoqda va albatta bunda sizning ham hissangiz bor. Biz bilamizki Siz avvallari hujum chizig'ida o'ynar edingiz, hozir esa klubingizda himoyachi ampluasida to'p surmoqdasiz. Hujum chizig'idan himoya chizig'iga o'tishingizga nima sabab bo'ldi?

– O'tgan yilgi mavsumda murabbiyim Ulug'bek Baqoev meni chap qanot himoyasida sinab ko'rmoqchiligini aytib mening bunga munosabatimni so'radi. Men murabbiyning har bir qarorini hurmat qilishimni hamda qaysi chiziqda jamoaga ko'proq foydam tegsa, o'sha chiziqda to'p surishga rozi ekanligimni malum qildim. SHundan so'ng “Metallurg” jamoasiga qarshi o'yinda himoyadagi debyutimni o'tkazdim. Murabbiylarga o'yinim maqul kelgani sabab shu kunga qadar ushbu chiziqda to'p surmoqdaman.

– Himoyadagi o'yinlarda o'zingizni qanday his qilyapsiz? Sizga noqulaylik tug'dirmayaptimi?

– To'g'risini aytsam murabbiyimizning ushbu tajribasi o'zimga ham maqul keldi. Hech qanday qiyinchiliklar va muammolarsiz himoya chizig'ida to'p suryapman. Hozirgi zamonaviy futbol juda ham tezlashib ketgani sabab himoyachi bo'lsamda, hujumlarga o'tish uchun imkoniyat har bir o'yinda vujudga kelmoqda. SHu sabab faqat himoyada emas, hujumlarda ham ishtirok etyapman va bu “Buxoro” klubining hujumkor o'yin ko'rsatishiga ozgina bo'lsada yordam beryapti, deb o'ylayman.


– Malumki, O'zbekiston futbol associaciyasiga yangi rahbariyat kelganidan keyin jahon darajasidagi bir qator terma jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil etilmoqda. Iyun oyida terma jamoamiz Urugvay terma jamoasiga qarshi to'p suradi. Bunday kuchli raqiblarga qarshi o'rtoqlik o'yinlari futbolchilar uchun qanchalik muhim deb o'ylaysiz?

– Avvallari milliy terma jamoamiz har doim Tailand, Iordaniya kabi jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushar edi. Kuchli jamoalarga qarshi hech qanday tajribaga ega emasligimiz xalqaro musobaqalarda pand berib qo'yardi. Futbol associaciyasiga yangi rahbariyat kelgach, bir qator saviyasi kuchli terma jamoalar bilan o'yinlar tashkil qilinyapti. Biz futbolchilardan bu o'yinlarda natija talab qilinmasdan, xalqaro tajribamizni oshirishga urg'u berilmoqda. Rahbariyatning ushbu tanlagan yo'lini barcha futbolchilar to'g'ri deb hisoblaydi va bu tez kunlarda albatta o'zining ijobiy natijasini berishi aniq.

– Milliy terma jamoaning chap qanot himoyasi eng raqobatli chiziqlardan biri hisoblanadi. Vitaliy Denisov kabi tajribali futbolchilar bilan raqobatlashishga o'zingizni qay darajada tayyor deb hisoblaysiz?

– Avvalambor aytib o'tishim kerakki, milliy terma jamoa bu Vatanimizning bosh jamoasi. Birinchi o'rinda milliy terma jamoaga chaqirilganimda faxr tuyg'usini his qildim. Men hech qachon sog'lom raqobatdan cho'chimaganman. SHu sabab ushbu chiziqda kim munosib bo'lsa, o'sha maydonga tushishini hamda Vatani uchun borini va jonini berib o'yin ko'rsatishini istayman. Ortingizda Vataningiz, ota-onangiz hamda butun boshli xalqning shani turgan ekan, bor ishtiyoq bilan mehnat qilib to'p surmaslik noto'g'ri ish bo'ladi mening nazdimda.

– Sizga yaxshi malumki, Milliy terma jamoamiz 2019 yili Birlashgan arab amirliklarida bo'lib o'tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ushbu musobaqada O'zbekiston o'rin olgan guruh haqida sizning fikringiz muxlislarimizni qiziqtirishi tabiiy.

– Guruhimizda Yaponiya, Ummon va Turkmaniston jamoalari O'zbekistonga qarshilik qilishidan muxlislarimizning xabarlari bor albatta. O'zbekiston terma jamoasi bu raqiblar bilan tengma-teng o'ynay oladi. Biz oldimizga guruhdan chiqishni emas, guruh uchrashuvlaridan keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishni asosiy maqsad qilib qo'yganmiz.

Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev hamda O'zbekiston futbol associaciyasining vice-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonlaridan futbolchilarimizga berilayotgan yuksak etibor, tayyorgarlik uchun yaratilayotgan yuqori darajadagi imkoniyatlardan keyin terma jamoamiz oldiga minimum finalga chiqish vazifasi qo'yilishini mantiqan to'g'ri deb hisoblayman.

Finaldan past natija o'zbekistonlik futbol muxlislarini ham murabbiy va rahbarlarimizni ham qoniqtirmasligi aniq. Barcha-barcha jamoamizning g'alabali o'yinlarini sog'ingan va biz Osiyo kubogida buning uddasidan chiqishimizga ishonaman.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика