So’nggi yangiliklar

23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  1 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  0 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  4 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0

Hua Shan Cup: O'zbekiston o'smirlar termasi Yaponiya U-15 bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Hua Shan Cup: O'zbekiston o'smirlar termasi Yaponiya U-15 bilan durang o'ynadi

Xitoyning Veynan shahrida 15 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Hua Shan Cup xalqaro turniri o'z yakuniga etdi.

O'zbekiston o'smirlar termasi so'nggi turda Yaponiya U-15 futbolchilariga qarshi bahs olib borib, 1:1 hisobida durang o'ynadi. Uchrashuvning 39-daqiqasida Bobur Sobirov hisobni ochgan bo'lsa, yaponiyaliklar o'yin yakunlanishiga 50 soniya qolganida burchak zarbasidan amalga oshirilgan standartni golga aylantirdi.

CHexiya va Xitoy o'rtasidagi bellashuvda 4:1 hisobi qayd etilib, Evropa vakillari foydasiga hal topdi. SHunday qilib, Dilshod Nuraliev jamoasi 3 ta o'yinda jami 4 ochko to'plagan holda turnirda 3-o'rinni egalladi.  

Yaponiya va CHexiya o'smirlar terma jamoasi mos ravishda 1–2 o'rinlarni egalladi. Mezbon Xitoy esa birorta o'yinda ochko ola bilmadi va musobaqani so'nggi – 4 o'rinda yakunladi.

Hua Shan Cup xalqaro turniri O'zbekiston o'smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi.

Hua Shan Cup xalqaro turniri
Xitoy, Veynan
19 iyul, dushanba

Yaponiya U-15 – O'zbekiston U-15 - 1:1

Gollar:
Bobur Sobirov (39) – Aoki Yusuke (90)

O'zbekiston U-15: Mo'minmirzo Qodirov, Sardor Abdurashidxo'jaev, Hurshid Ubaydullaev, Jasurbek Abdulbekov, Jasurbek Jaloliddinov, Mironshox Sattorov, Doniyor Sobirov, Abdurauf Bo'riev, Igor CHirkizov (Temur Mamasiddiqov, 61), Murodbek Xo'jamberdiev (Mirjalol Qosimov, 61), Bobur Sobirov (Ruslan Ro'ziev, 82).

Yaponiya U-15: Jouns Rey, Tajima Mitsuki, Sako Maaya, Morita Rin, Aoki Yusuke, Tanaka Yoshixiro, Sumi Koshiro, Taniguchi Taisey, Naruoka Xikaru, Nakano SHinya, Nanami Kazusa.

 

#

Jamoalar

O'

G'

D

M

T/N

O

 1.

Yaponiya

3

2

1

0

8-1

7

2. 

CHexiya

3

2

0

1

7-5

6

3. 

O'zbekiston

3

1

1

1

3-4

4

4. 

Xitoy

3

0

0

3

1-9

0


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика