So’nggi yangiliklar

01:53ЕЧЛ. "Боруссия" жавоб ўйинида ҳам ПСЖни мағлуб этиб, дастлабки финалчига айланди  74 01:19Месси тарихда голлар ва ассистлар бўйича пента-трикка эришган биринчи футболчига айланди  36 00:54Агуэро бўлажак АПЛ ғолибини тахмин қилди  3 00:25Испаниялик футболчи юрак хуружига учраган мухлис сабабли ўйинни тўхтатишни сўрагани учун майдондан четлатилди  1 00:06БАА Про лигаси. Эркинов 68 дақиқа ўйнаган баҳсда "Ал Ваҳда" ғалаба қозонди  0 23:48"Ланс" ҳимоячиси ўғрилик қурбони бўлди  2 23:31БМТ 25 майни Бутунжаҳон футбол куни деб эълон қилди  3 23:14Мбаппе Усэйн Болтни пойгага чорлади  0 22:52Миржалол Қосимов: "Клубда ҳеч ким абадий эмас, мен ҳам қачондир кетаман"  6 22:27Рўзиқул Бердиев: "Таблодаги ҳисоб 4:1 кўринишига келганидан сўнг хотиржамликка берилдик"  10 22:02Нидерландия клуби футболчилари жамоасини қутқариш учун маошларидан воз кечишди  6 21:47Расман: "Бавария" футболчиси "Реал"га қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 21:25Веско Стешевич: "Гол, албатта, бир томоннинг маҳорати ва иккинчи томоннинг хатоси эвазига юзага келади"  7 21:10Суперлига. ОКМК — "Насаф" 3:4. Highlights  1 21:00Суперлига. ОКМК ва "Насаф" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди, "аждарлар" пешқадамлар сафига қўшилишди  68

Hozirda ishsiz bo'lgan 10 nafar taniqli murabbiy Yangiliklar

Hozirda ishsiz bo'lgan 10 nafar taniqli murabbiy

Bugungi kunda murabbiylarning o'rni beqiyos, ammo o'z nufuziga ega shunday mutaxassislar borki, ular bugungi kunda ishsiz. SHunday insonlarning 10 nafari bilan tanishamiz.

Andre Villash-Boash

So'nggi jamoasi: Marsel

Portugaliyalik 44 yoshli mutaxassis murabbiylik saboqlarini Joze Mourinodan olgan. Uning shtabidan ajralib chiqqach, "Akademiya" klubida o'z mahoratini sinab ko'rishga qaror qildi. Jamoa o'sha paytda quyi divizionga tushib ketish arafasida edi. Biroq Andre jamoani xavfsizroq bo'lgan 11-o'ringa olib chiqqan. SHundan so'ng, 2010 yil mamlakat grandlaridan biri bo'lgan "Portu" murabbiyligiga tayinlandi. Oradan ikki oy o'tgach, uning jamoasi Portugaliya superkubogida "Benfika"ni mag'lub etdi, Villash-Boash esa ilk titulini qo'lga kiritdi. Mutaxassis "Portu" bilan mislsiz muvaffaqiyatlarga erishdi, jamoa bilan chempionatni mag'lubiyatsiz yakunlab, o'z darvozasidan atigi 13 ta to'p o'tkazib yuborgan holda ikkinchi o'rindan 20 ochkolik farq bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi. Undan tashqari portugaliyaliklar bilan mamlakat kubogi va Evropa ligasida g'alaba qozonib, trebl qayd etdi. Uning "CHelsi"dagi faoliyati ham muvaffaqiyatli boshlangandi, biroq keyinchalik "ketmoni uchmadi". Uning "Tottenxem"dagi faoliyati, klubning o'sha davrdagi mavqeini inobatga olganda, samarali o'tgandi. SHundan so'ng, Villash-Boash "Zenit" bilan mamlakat chempioni, kubogi va superkubogi; "SHanxay SIPG" (Odil Ahmedov to'p tepgan klub) bilan Xitoy chempionati kumush medalini qo'lga kiritdi hamda Osiyo CHempionlar ligasida yarim finalga qadar etib bordi. "Marsel" ustozi sifatida Franciya chempionatining ikkinchi o'rin sohibiga aylandi va jamoani Evropa CHempionlar ligasiga olib chiqdi. 2021 yil esa klubning ichki siyosatidan noroziligi tufayli istefoga chiqarildi.


Andriy SHevchenko

So'nggi jamoasi: Jenoa

Futbolchi sifatida shon-shuhratga ega bo'lgan ukrainalik mutaxassis murabbiylik faoliyatida hali erishishi mumkin bo'lgan natijalar talaygina. 2016 yilda Ukraina terma jamoasiga jalb etilgan mamlakat afsonasi 2021 yilda o'tkazilgan Evro-2020 dagi chorak final natijasi bilan maqtana oladi. Uning "Jenoa"dagi ishlari yurishmadi. 2022 yil yanvarida esa Polsha bilan muzokaralar olib bordi, biroq kelishuv amalga oshmay qoldi.


Klaudio Raneri

So'nggi jamoasi: Uotford

70 bahorni ko'rib qo'ygan mutaxassis yaratgan "Lester ertagi" yaqin yillargacha futbol ishtiyoqmandlarining yodidan o'chmasa kerak. Italiyalik mutaxassis ancha-muncha mashhur klublarga uztozlik qilishga ulgurgan. Ular orasida "Napoli", "Atletiko", "CHelsi", "Yuventus", "Roma", "Inter" singari nomdor klublar bor. Ranerining sovrinlar kollekciyasida klubdagi yutuqlardan tashqari shaxsiy mukofotlar ham talaygina. Xususan, FIFA tomonidan 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. Balki mutaxassis endilikda qariyalik gashtini sursa ham bo'lar.


Yurgen Klinsmann

So'nggi jamoasi: Gerta

Futbolchilik davridagi o'yinlari bilan nom qozongan germaniyalik mutaxassis murabiiylik borasida ham yomon natijalarga erishmadi. O'z mamlakatida o'tkazilgan jahon chempionatida Klinsmann qo'l ostidagi nemis futbolchilari musobaqaning bronza medallariga ega chiqishdi. Keyinchalik kursisini Lyovga bo'shatib bergan 57 yoshli murabbiy bir muddat "Bavariya"ga, keyinchalik uzoq vaqt AQSH terma jamoasiga ustozlik qildi. Uning so'nggi ish joyi "Gerta" klubi sanaladi. 2006 yilgi eng yaxshi germaniyalik murabbiy va 2013 yil KONKAKAFning eng yaxshi murabbiyi 2020 yildan nemis klubini tark etgandi.


Ole Gunnar Sulsher

So'nggi jamoasi: Manchester Yunayted

1999 yilgi final qahramonlaridan biri bo'lgan Sulsher murabbiy sifatida hozircha bunday ishni amalga oshira olgani yo'q. Uning MYU murabbiyligidagi natijalari daryo singari goh yuqoriga toshib, goh sokin chayqalib, bir tekisda o'tmadi. Xususan, Brunu Fernandesh uning sehrli tayoqchasiga aylangandi. Norvegiyalik 49 yoshli murabbiy "Qizil iblislar"ni bir necha mavsum davomida boshqarganiga qaramay, afsuski, tayinli sovrin qo'lga kiritolgani yo'q. Ehtimol, kelgusida uning ishlari yurishib ketadi degan umiddamiz.


Nuno Espiritu Santo

So'nggi jamoasi: Tottenxem

Angliya Premer-ligasida portugalcha jamoa tuzgani bilan yodda qolgan Santoning "Tottenxem"dagi ishlari olqishlarga sazovor bo'lmadi. Har holda 48 yoshli sobiq darvozabon "Vulverxempton"ni CHempionship chempioni qilgani bilan maqtana oladi. SHuningdek, "Portu" bilan Portugaliya chempionatining kumush medalini qo'lga kiritgan. Mish-mishlarga qaraganda, Santo "bo'rilar" postiga qaytishni istamoqda.


Marko Rouz

So'nggi jamoasi: Borussiya Dortmund

Germaniyalik 45 yoshli murabbiy "Red Bull Zalcburg"dagi muvaffaqiyati bilan futbol jamoatchiligida iliq taassurot qoldirgan. Dastlab o'smirlar, keyin yoshlar jamoasini qabul qilib olgan Rouz klub bilan UEFA Yoshlar ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Keyinchalik asosiy jamoa bosh murabbiyiga aylangan mutaxassis dastlabki mavsumdayoq Avstriya chempionligini qo'lga kiritdi hamda "Borussiya Dortmund", "Lacio" singari kuchli jamoalarni mag'lub etib, Evropa ligasining yarim finaliga chiqdi. Kelgusi yil esa ushbu turnirning chorak finaliga qadar etib bordi. Qiziq tomoni, "Red Bull Zalcburg" Rouz murabbiyligida ikki mavsum o'z maydonida biror marotaba mag'lubiyatga uchramagan. Keyinchalik "Borussiya Myunxengladbax"ga bosh murabbiy etib tayinlangan Marko u erdagi ishini ham qoyilmaqom bajardi hamda jamoa bilan Evropa CHempionlar ligasining guruh bosqidan eson-omon o'tqazib, pley-off bosqichiga qadar etaklab bordi. So'ngra "Borussiya"ning Dortmunddagi jamoasiga ko'chib o'tgan mutaxassis u erda atigi bir mavsum faoliyat olib bordi.


Marselo Belsa

So'nggi jamoasi: Lids Yunayted

Argentinalik 66 yoshli mutaxassis ham terma jamoa, ham klub miqyosida samarali faoliyat olib borgan. Jumladan, u Argentina bilan 2004 yilgi Amerika kubogida kumush medal sohibiga aylandi va 52 yil deganda mamlakatiga Olimpiya o'yinlari oltin medallarini taqdim etdi. Keyinchalik Belsa CHili terma jamoasida ish boshlaydi hamda jamoani JARda o'tkaziladigan jahon chempionatiga olib chiqadi. So'ngra u karerasining boshlanishidagi singari yana klublarni boshqaradi va uning mehnati besamar ketmaydi. Misol uchun, "Atletik" uning qo'l ostida Evropa ligasi finaliga qadar etib boradi, "Marsel" bilan Liga 1 da kuchli to'rtlikka kiradi, "Lids" bilan esa CHempionshipda g'olib chiqib, APL yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ammo klub bilan navbatdagi marralar sari otlanish nasib etmadi, 2022 yilning fevralida jamoaning muvaffaqiyatsiz o'yinlaridan so'ng murabbiyga chiqish eshiklari ko'rsatildi.


Rafael Benites

So'nggi klubi: Everton

Jarohatlar bilan bog'liq muammolar tufayli futbolchilik faoliyatini kutilganidan erta yakunlagan Rafa murabbiylik sir-asrorlarini "Real Madrid" yoshlar jamoasidan boshlaydi. "Kastilya B" jamoasi bilan ikki marotaba liga chempionligini qo'lga kiritadi, "Real U-19" jamoasi bilan ham mamlakat miqyosidagi turnirlarda zafar quchadi. Biroq uning qirralari "Valensiya"da ochila boshlaydi. 2001 yil Ektor Kuper o'rniga tayinlangan Benites "ko'rshapalaklar" bilan naq ikki marotaba La Ligada va bir bora UEFA kubogida g'alaba qozonadi. Undan so'ng mardonavor yurishini "Liverpul" bilan ham davom ettirdi. "Qizillar" bilan ilk urinishadiyoq "Istambul mo'jizsi" nomli finali bilan yodda qolgan Evropa CHempionlar ligasida zafar quchdi, shuningdek, Angliya liga kubogi finaliga qadar etib bordi. Oradan ikki yil o'tgach, klub yana Evropa klublar miqyosidagi eng yirik turnirning hal qiluvchi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi, biroq "Milan" bu safar revansh olishni uddaladi. 2010 yilda Benites "Real"ga ketgan Mourinoning "Inter"dagi o'rnini egalladi. O'sha yili klub bilan o'zining ilk sovrini — Italiya superkubogini qo'lga kiritdi, biroq UEFA Superkubogida "Atletiko"ga imkoniyatni boy berdi. Uning kelgusi jamoalardagi ishi yorqin bo'lib chiqmadi. SHunga qaramay, Rafa "CHelsi" bilan Evropa ligasi, "Napoli" bilan Italiya kubogi va superkubogini qo'lga kiritdi. Biroq so'nggi yillarda uning taktikalari eskirib borayogani ko'zga tashlanmoqda. Nima bo'lgan taqdirda ham, uning boy tajribasi bor.


Zinedin Zidan

So'nggi jamoasi: Real Madrid

Yaqinla ellik yoshni qarshilagan franciyalik mutaxassis futbolchilikda ham, murabbiylikda ham professional tarzda yorqin natijalarga erisha olgan kamdan-kam insonlar safiga kiradi. Mashhur qiziqchi tarif berganidek, futbolni oyoq bilan boshlab, bosh bilan yakunlagan istedod egasi murabbiylik faoliyatini "Real Madrid"ning ikkinchi jamoasi — "Kastilya"da boshlagan. 2016 yil 4 yanvarida Benites "Real" tomonidan istefoga chiqarilgach, Zidan klubning yangi bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi. Uning debyuti oradan besh kun o'tgach, "Deportivo"ga qarshi La Liga o'yiniga to'g'ri keladi, unda madridliklar 5:0 hisobida zafar quchishadi. O'sha yilning 2 aprel sanasida "Kamp Nou"da murabbiy sifatidagi ilk "El Klassiko"da ishtirok etadi va "Barselona" 2:1 hisobida mag'lub etilib, kataloniyaliklarning 39 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berdi. 28 may kuni jamoa Evropa CHempionlar ligasi finalida hamshahari "Atletiko"ni mag'lubiyatga uchratdi. Mavsum boshidagi ko'ngilsiz natijalar bilan jamoani qabul qilib olganiga qaramay, o'sha yili chempionatda peshqadam "Barselona"dan atigi 1 ochko ortda qoldi. Yangi mavsumdan esa  u o'z ishin to'laqonli ko'rsata olishi mumkin edi. Dastlab "qaymoqranglilar" UEFA Superkubogida g'olib chiqdi, dekabrga qadar jamoa 35 uchrashuvni mag'lubiyatsiz o'tkazib, klub rekordini yangiladi. Dekabr oyida sovrinlar qatoriga Klublar o'rtasidagi jahon chempionligi qo'shildi. 2017 yilning yanvarida esa "Sevilya"ga qarshi Ispaniya kubogidagi to'qnashuvdan so'ng klubning mag'lubiyatsiz seriyasi 40 taga etdi va "Barselona"ning 39 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasi yangilandi. O'sha mavsum madridliklar 93 ochko bilan 33-marta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi. 3 iyun sanasida navbatdagi ECHL finalida "Yuventus"ga qarshi finalda "Real" titulni muvaffaqiyatli himoya qildi va o'zida saqlab qoldi. Yangi mavsumni "Qirollik klubi" UEFA superkubogi doirasida "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g'alaba bilan boshladi. Oradan bir necha kun o'tgach, "Barselona" mag'lub etilib, Ispaniya superkubogi qo'lga kiritildi. 2017 yil Zidan FIFA tomonidan yilning eng yaxshi erkak murabbiyi deb topildi. Dekabr oyida esa klub bilan sakkizinchi sovrinni qo'lga kiritdi, jamoa Klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida Braziliyaning "Gremio"sini mag'lub etdi. O'sha mavsum jamoa La Ligada omadsizlikka uchraydi, biroq klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqadagi zafaron yurishini davom ettiradi va hal qiluvchi bahsda "Liverpul"ni 3:1 hisobida mag'lub etib, ketma-ket uchinchi bor g'oliblikni qo'lga kiritadi. Oradan besh kun o'tgach, Zidan istefoga chiqariladi.

Zidanning qaytishi ham yomon chiqmadi. Solari va Lopetegi davridagi klubning muvaffaqiyatsiz natijalaridan so'ng franciyalik mutaxassis Madrid klubini qayta oyoqqa turg'izadi va 2020 yilning yanvarida "Atletiko"ni mag'lub etib, Ispaniya superkubogini qo'lga kiritadi. Mart oyida pandemiya sababli yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng "Real" ketma-ket o'nta o'yinda g'alaba qozonib, La Ligada 34-chempionlikka ega bo'ladi. 2021 yil esa sovrinsiz qolgan Zinedin yana klubdan ketadi. Murabbiyga PSJ bir necha bor yaxshi takliflar bildirayotganiga qaramay, hozircha u hordiq chiqarishni afzal ko'rmoqda.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика