So’nggi yangiliklar

07:56Икки нафар футболчимиз Осиёда ЖЧ-2026 саралаши 2-тур рамзий жамоасидан ўрин олди  0 07:27Суперлига. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  5 01:22Эрик тен Хаг: "Биз жамоани қайта қуряпмиз"  4 00:45"Барселона", ниҳоят, "Боруссия" Д билан ҳисоблашди  2 00:22Эсанов тўп тепадиган "Акрон" машҳур ҳужумчини трансфер қилди  2 23:51Бу қизиқ! Россия термаси "ўйлаб топилган" футболчилар билан тасвирланди  2 23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  3 22:38Родри: "Бу ақлбовар қилмас даражада ёқимли"  1 22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  1 21:49Фабио Капелло "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  1 21:21ПСЖнинг Мбаппе билан ишлари якунланмаган экан  0 20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  16 20:23Асрор Алиқулов: “Футболда натижани олдиндан айтиб бўлмайди“  1 20:19Улуғбек Бакаев: “Машъал” ҳимояда яхши ўйнади”  4

"Hokim qabulida bo'lganligi, tarkibni kuchaytirilishi va namanganlik muxlislar". Drajen Dukich bilan intervyu Yangiliklar

"Hokim qabulida bo'lganligi, tarkibni kuchaytirilishi va namanganlik muxlislar". Drajen Dukich bilan intervyu

Xabaringiz bor, “Navbahor” murabbiylar shtabidan serbiyalik mutaxassis Drajen Dukich ham joy oldi va u No'mon Hasanovga yordam beradigan bo'ldi.

Ushbu murabbiyni muxlislarga yaxshiroq tanishtirish maqsadida klub matbuot xizmati intervyu tashkil qildi.

“Navbahor”ga kelishi, viloyat hokimi qabulida bo'lganligi, galdagi vazifalar borasida

- “Navbahor” singari o'z ananalariga ega bo'lgan jamoada faoliyatimni  boshlaganimdan xursandman. O'zbekistonda ishlagan paytimda, yani “Paxtakor” va “Qo'qon-1912” jamoalarida faoliyat yuritganimda, Namanganga  kelganman. O'shanda “Navbahor” hamda jamoa muxlislari menda juda iliq taassurot qoldirishgandi. Mana taqdir taqozosi bilan endi “Navbahor”da ishlayapman. Meni jamoaga No'mon Hasanov taklif qildi. Ushbu mutaxassis bilan oldin “Paxtakor” va “Qo'qon - 1912” klublarida birga faoliyat yuritganmiz hamda bir-birimizni juda yaxshi bilamiz. Kuni kecha klub vice-prezidenti Otabek Samatov, shuningdek, bosh murabbiy No'mon Hasanov bilan birgalikda Namangan viloyat hokimi SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqovning qabulida bo'ldik. To'g'risini aytsam, viloyat rahbari futbolni juda teran tushunadigan ajoyib inson ekan. SHavkat SHokirjanovich bilan suhbatimiz juda qiziqarli, yoqimli tarzda kechdi. Suhbat davomida “Navbahor”ning yangi mavsumdagi rejalari, jamoani kuchaytirish borasidagi masalalar muhokama qilindi. SHavkat SHokirjanovich “Navbahor” oldinga qarab intilishi, jamoani kuchaytirish lozimligini takidlab o'tdi.

To'g'ri, jamoa tarkibida ko'plab mahoratli futbolchilar bor. Lekin tarkibni kuchaytirish, boshqa jamoalarga raqobatbardosh qilish uchun tarkibga yana 3-4 nafar tajribali futbolchilarni jalb etish lozim. Xuddi hayotdagi kabi, futbolda  ham ertaga nima bo'lishini bashorat qila olmaysiz. Ammo shuni takidlashim lozimki, “Navbahor”ning ayni paytda murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bilan birgalikda o'z oldimizga qo'yilgan maqsadni amalga oshirsa bo'ladi. Eng muhimi, Namangan futbol shahri hamda jamoa muxlislari futboldan zavq olishlari lozim. “Navbahor” ishqibozlarining O'zbekistondagi eng kuchli muxlislar ekanligini yaxshi bilaman. Ular jamoani nafaqat o'z maydonidagi bahslar, balki safardagi uchrashuvlarda ham munosib qo'llab-quvvatlab turishadi.

O'z navbatida klub rahbariyati, jumladan, klub vice-prezidenti Otabek Arifovich Samatov tomonidan ham jamoaga katta etibor qaratilayotganligini ham aytish lozim. Jamoa shunga yarasha natija ham qayd etishi shart. O'yin chiroyli bo'lsa-yu,natija ijobiy bo'lmasa ham bo'lmaydi. Tarkib kuchaytirilsa, muxlislar “Navbahor”ning g'alabalaridan zavq olishadi, degan umiddaman. O'tgan mavsumning so'nggi 3-4 oyida faoliyat yuritgan No'mon Hasanov yangi mavsumda jamoaning o'yinini yanada kuchaytirish, natijaning ijobiy tus olishi uchun intilishi shubhasiz.  Buni birgalikda amalga oshirish, meni yaxshi bilganligi uchun ham Hasanov meni jamoaga chaqirdi. Xudo xohlasa, u bilan birgalikda ijobiy natijalarni qayd etamiz, degan umiddaman.

Yosh futbolchilar, kelgusi rejalar to'g'risida

- No'mon Hasanov yosh futbolchilar bilan ishlashni yoqtiradi. SHuningdek, o'zim ham Serbiyada OFKning yoshlar jamoasida faoliyat yuritganman. “Navbahor”ning yoshlari orasida mahoratli futbolchilar ko'pchilikni tashkil etadi. Lekin ular tajriba to'plashlari ham lozim. Mahorat bo'lsa-yu, tajriba bo'lmasa bo'lmaydi. Buni amalga oshirish uchun ular oldinga qarab intilishlari, o'z ustilarida ishlashlari lozim. SHundagina ular bir-ikki yil ichida “Navbahor”ning asosiy tarkibidan joy olishlari ehtimoldan xoli emas. Bu ko'proq ularning o'zlariga ham bog'liq. Bu ularning o'zlari, shuningdek, “Navbahor” uchun ham foyda beradi. Rejalarimizdan “Navbahor”ni raqobatbardosh jamoaga aylantirish o'rin olgan albatta. Bu esa belgilangan tizim asosida olib boriladigan ish hisoblanadi. Klub rahbariyati buni tushunayotganligidan juda xursandman. Jamoaning ijobiy natijalarni qayd etishi, muxlislarga quvonch ulashishi uchun qo'ldan kelganicha harakat qilamiz. Faqat buning uchun biroz vaqt talab etiladi. Asosiysi, natijaning ijobiy bo'lishi.

Namangan viloyat hokimi SHavkat Abdurazzoqov,shuningdek, klub rahbariyati, jumladan, klub vice-prezidenti Otabek Samatov jamoa uchun barcha sharoitlarni yaratib berishmoqda va natijalar ham shunga yarasha bo'lishiga intilamiz.

Namangan shahri, muxlislar haqida

- Namangan shahri borasida malumotga egaman. Namangan aholi soni bo'yicha O'zbekistonda 2-o'rinda turuvchi, juda katta, shuningdek, gullar shahri ekanligidan xabarim bor. Lekin hozir qish fasli va menimcha, bahorda har qanday shaharning go'zalligini kuzatsa bo'ladi. Lekin “Navbahor”ning klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, shuningdek, muxlislarning ajoyib ekanligini takidlashim lozim. SHuningdek, fursatdan foydalanib,  meni “Navbahor”ga taklif qilgan do'stim No'mon Hasanov, ushbu taklifga rozilik bildirgan klub rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. “Navbahor”dagi faoliyatimdan ijobiy xotiralar qolishini istayman. Buni amalga oshirish uchun esa qo'ldan kelganicha mehnat qilaman.

Takidlaganimdek, “Navbahor” muxlislarini juda yaxshi bilaman. 2015 yili “Paxtakor” bilan Namanganga tashrif buyurganimda, stadionning muxlislar bilan to'la ekanligiga guvoh bo'lganman. Besh yildan so'ng, taqdir taqozosi ushbu jamoaga ishlash uchun keldim. Ishqibozlarning qo'llab-quvvatlashlari nafaqat futbolchilar, balki, biz – murabbiylarga ham qo'shimcha kuch-quvvat, ruh, g'ayrat bag'ishlaydi. Muxlislar 12-o'yinchi hisoblanishadi. Namanganda esa bu allaqachon  o'z isbotini topgan. Fursatdan foydalanib, “Navbahor” muxlislariga sog'lik-salomatlik tilayman. Yangi mavsumda ham sevimli jamoalarini munosib tarzda qo'llab quvvatlashlarini tilayman.             

Murabbiy haqida malumot.

Drajen Dukich – 1966 yili sobiq Yugoslaviyaning Dobul shahrida tug'ilgan.

Futbolchilik faoliyati davomida Serbiyaning OFK, “Xayduk” va “Rad” (barchasi Belgrad), “Suti Skanikshis”, “Proleter”, Xitoyning “Jiansu” jamoalarida o'ynagan.

2002 yildan murabbiylik faoliyatini boshlab, Serbiyaning OFK, “Xayduk”, “Kolubara”, ”Radnichki”  jamoalarida bosh murabbiy va yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

SHuningdek, yurtimizning “Paxtakor” (Toshkent, 2012, 2014-2015 yillar), “Qo'qon-1912” (Qo'qon, 2017 - 2018 yillar) jamoalarida ham yordamchi murabbiy sifatida ishlagan.

Bundan tashqari, Serbiya futbol federaciyasida ham faoliyat yuritgan.

Ayni paytda Serbiya poytaxti Belgradda istiqomat qiladi.

Oilali, bir o'g'ilning otasi.

Muxlislik qiladigan jamoalari: “Crvena Zvezda” (Serbiya), “Real Madrid"

Yoqtirgan futbolchisi: Krishtianu Ronaldu.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика