So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  3 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  42 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  4

Hokim kubogida kashf etilgan hujumchi endi terma jamoada Yangiliklar

Hokim kubogida kashf etilgan hujumchi endi terma jamoada

O'zbekiston milliy terma jamoasiga Zohir Qo'ziboevning taklif etilganini ko'rib, ochig'i juda xursand bo'ldim.
Zohir Qo'ziboevni ilk bor bundan 5-6 yil avval Qashqadaryo viloyat hokimi Kubogida kashf qilgandim. Vohalik muxlislar yaxshi bilishadi, Qarshi shahrida har yili ananaviy tarzda hokim Kubogi o'yinlari o'tkazib kelinadi. Mana bir necha yildirki bahslar "Nasaf" futbol maktabi yonidagi suniy maydonda bo'lib o'tmoqda.  

Hozir aniq yili esimda yo'q, lekin o'sha payt Zohir Qo'ziboev "Nasaf-2" safida ushbu musobaqada ishtirok etgandi. Turnir to'purari bo'lgan ushbu hujumchi final uchrashuvidan so'ng viloyat hokimligi tomonidan esdalik sovg'a bilan taqdirlangandi. O'sha mavsumni birinchi ligadada o'tkazgan kasbilik futbolchi keyinchalik "Xorazm"da ham to'p tepdi.



Men o'shandayoq hayron qolgandim: nima uchun Zohir Qo'ziboevni "Nasaf"ning asosiy tarkibi o'ziga jalb qilmayapti deb. CHunki u birinchi ligada faoliyat olib bormasin, doim gollar urardi. Yaxshi bilasiz, 2012 yilgi mavsum "Mashal" uchun omadsiz kelib, jamoa birinchi ligaga tushib ketdi. Klub oldiga bir yilning o'zidayoq oliy ligaga qaytish vazifasi qo'yildi. Natijada shunga monand selekciya ishlari olib borildi.

Klubning yangi bosh direktori Ilhom Qurbonov birinchilardan bo'lib jamoaga Zohir Qo'ziboevni taklif etdi. Vaholanki, Qo'ziboevga oliy liga vakili "So'g'diyona" va "Guliston"dan ham taklif bo'lishiga qaramay, hujumchi "Mashal" variantini tanladi va yana birinchi ligada o'ynashga rozi bo'ldi. O'sha mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazgan "Mashal" muddatidan oldin oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi, Zohir Qo'ziboev esa bir nechta gollar urib, ham jamoasining, ham birinchi liga to'purari bo'ldi.



Xullas 2013 yilda "Mashal"ga katta yordam bergan Zohir Qo'ziboevni klub rahbariyati ham etiborsiz qoldirmay, jamoa oliy ligaga chiqqanidan so'ng unga yangi shartnoma taklif qildi. Natijada Qo'ziboev faoliyatida birinchi bor oliy ligada to'p tepish baxtiga muyassar bo'ldi. Bu paytga kelib u 28 yoshda edi. Buni qarangki, Zohir Qo'ziboev o'tgan yil ham o'zini ko'rsatdi. Oliy liganing 24 uchrashuvida maydonga tushgan futbolchi 14ta to'p kiritishga erishdi. Bundan tashqari, Mirzohid G'ofurov, Zafar To'raev, Jamshid Hasanov singari futbolchilar qatori "Mashal"ning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'ldi.

Bemalol ayta olamizki, aynan "Mashal"dagi o'yinlari orqali Zohir Qo'ziboev milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov nazariga tushdi va MTJdan taklif oldi. Endi u ham Janubiy Koreya va Yaponiya bilan bo'ladigan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo'ladi. Hujumchi 29 yoshida terma jamoaga ilk bora chaqirildi. Agar adashmayotgan bo'lsam, italiyalik Luka Toni ham shu yoshda MTJ safida to'p tepishga muvaffaq bo'lgandi.



Men Zohir Qo'ziboevni yaqin 3-4 yildan beri yaxshi bilaman. Juda kamsuqum yigit, hazilni yoqtiradi, xarakteri ajoyib. U Sanjar Quvvatov, Bahodir Murtazoev, Jamol Otaqulov kabi Kasbi futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. O'z vaqtida Amriddin Saydaliev (joyi jannatda bo'lsin) qo'lida futbol saboqlarini o'rgangan. Qo'ziboev - bo'ydor hujumchi. Ham bosh bilan, ham oyoqda yaxshi o'ynay oladi. Hujumchilar tili bilan aytganda "ochilishi" joyida. Yo'qsa, oliy ligada o'zini ko'rsata olmagan bo'lardi.

Zohir Qo'ziboev "Mashal"ga kelgan yili men klubda ishlardim va u bilan tezda chiqishib ketgandik. Matbuot oldida o'zini juda xotirjam tutadi. Gapini o'ylab gapirishga harakat qiladi. O'z xarakteri bilan jamoadagi muhitga umuman salbiy tasir ko'rsatmaydi. Umid qilamizki, Qo'ziboev MTJga bir marta chaqirilib, shu bilan yo'qolib qolmaydi va o'z o'yini hamda gollari bilan terma jamoamizning JCH saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirokiga munosib hissa qo'shadi. Buning uchun unda imkoniyat ham, salohiyat ham etarli.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика