So’nggi yangiliklar

02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  2 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  0 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  1 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  0 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  1 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  0 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  4 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  10 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  12 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  79 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0

Hokim kubogi: “Qizilqum” Farg'onada “Qo'qon-1912” jamoasini mag'lub etdi Yangiliklar

Hokim kubogi: “Qizilqum” Farg'onada “Qo'qon-1912” jamoasini mag'lub etdi

Teglar :  Qizilqum
Musobaqaning “V” guruhida ishtirok etayotgan Navoiyning “Qizilqum” futbolchilari to'rtinchi turda ham o'z muxlislarini xursand qildi.


“Neftchi” SK stadionida kechgan mazkur bahsda konchilar guruh peshqadami “Qo'qon-1912” jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv to'liq “Qizilqum” vakillarining ustunligida o'tdi. 41-daqiqada SHerali Jo'raevning burchakdan havolatib uzatgan to'pini navoiyliklar sardori Akmal Rustamov boshi bilan darvoza to'riga joyladi.

Tanaffusdan so'ng, Hamidjon Aktamov rahbarligidagi “Qizilqum” jamoasi azolari hujumkorlikni yanada oshirdilar. 64-daqiqada Alisher Yusupovning uzatgan to'pini Bahriddin Vahobov bexato darvozaga yo'lladi - 2:0.

Hisobdagi farqni oshirgach, navoiyliklar murabbiylar shtabi maydonga nigeriyalik Oke Ivuzeni tushirdi. Hujumchi Bahriddin Vahobov o'z o'rnini legionerga bo'shatib berdi. Oradan ko'p o'tmay, maydonning o'ng qanotidan Ruslan Vagapovning jarima maydonchasiga oshirgan to'pini Ivuze qiyinchiliksiz darvoza to'riga joyladi va hisobni yiriklashtirdi - 3:0.

Hisobning yirik ko'rinish olganidan so'ng, konchilar tarkibida ayni chog'da ko'rikdan o'tayotgan nigeriyalik Agada Sandey ham maydonga tushirildi. Himoya ampluasida harakat qilgan bu o'yinchi Georgiy Kvesieshvili o'rnini egalladi. Afsuski, bu legioner tezda o'yinga kirishib keta olmadi. Natijada bundan unumli foydalangan qo'qonliklar ikki bor muvaffaqiyat qozonib, hisobdagi farqni minimal ko'rinishga keltirdi - 3:2.

Har ikki to'p muallifi ham Otabek Haydarov bo'ldi.

Ushbu g'alabadan so'ng, “Qizilqum” jamoasi guruh peshqadami bo'lib oldi. To'rt uchrashuvda 10 ochko jamg'argan navoiyliklar guruhdagi oxirgi o'yinni Andijonning “O'zDongJu-2” futbolchilari bilan o'tkazadi. Mazkur o'yin 4 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Hakamlar hujjatidan ko'chirma:

“Viloyat hokimi kubogi” turniri

4-tur, 2016 yil 2 fevral

“Qo'qon-1912” (Qo'qon) - “Qizilqum” (Navoiy) - 2:3 (0:1).

Farg'ona shahri. “Neftchi” SK stadioni.

Hakamlar: Olim To'ychiboev (Toshkent), Rustam Tolibjonov (Qo'qon), SHohrux Azamov (Farg'ona).

“QO'QON-1912”: G'ayrat Hasanov, Oybek Nurboev, Ilya Ilin, Sardor Qahhorov, Ilhom Komilov, Bahodir Akramov, Alisher Ziyavuddinov, Abdulloh Olimov, Alibobo Rahmatullaev, Otabek Zokirov, Otabek Haydarov.

Zaxiradan maydonga tushganlar:  Nosirbek Otaqo'ziev, Aziz To'xtaboev, Orif Mamajonov, Furqat Hasanboev, Abdul Aziz Yusupov, Oybek Rustamov.

“QIZILQUM”: Erkin Jabborov, Georgiy Kvesieshvili, Akmal Rustamov, Vyacheslav SHevchenko, Bahriddin Vahobov, Fayzulla Qambarov, Alisher Yusupov, SHerali Jo'raev, Samandar SHodmonov, Ilhom Yunusov, Adrey Derkach.

Zaxiradan maydonga tushganlar:  Ivuzi Oke, Ruslan Vagapov, Agada Sandey, Alisher Xoliqov, Azizbek Usmonov, Otabek Narzullaev.

Gollar: Akmal Rustamov, 41, Bahriddin Vahobov, 64, Oke Ivuzi, 78, Otabek Haydarov, 83, 85-pen.

CHetlatish: Azizbek Usmonov, 85.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика