"Hokim kubogi": "Neftchi"ning “Andijon”ga qarshi o'yin statistikasi

3 fev 2016, 23:55
Kuni kecha “Hokim kubogi” doirasida “Neftchi-1” hamda “Andijon” jamoalari o'zaro raqobat olib borishdi. Bahsga oid statistik ma'lumotlarni taqdim etamiz.

Bo'rchak to'plari:  

  Uchrashuv davomida “Neftchi” futbolchilari 3 marta burchak to'pini amalga oshirishdi. “Andijon” yoshlari esa 4  marta bo'rchakdan to'pni o'yinga kiritib berishdi.

Qo'polliklar:

Bahsda “Neftchi” futbolchilari  9 marta qo'pollik qilishdi.  “Andijon” vakillari esa 10 marta raqibga fol ishlatishdi.

Zarbalar:

Bellashuvda  “Neftchi” futbolchilari  9 marta raqib darvozasiga zarba berishdi. "Andijon” esa 7 marta.

Aniq zarbalar:  

Darvozaga aniq zarba berish borasida “Neftchi” 10 talik ko'rsatkichni qayd etdi.  Mehmonlar esa 4 marta O'ktir Yusupovga aniq zarba berishdi.

Jarima to'plari:  

O'yin davomida “Neftchi” 9 marta jarima to'pi tepdi. Andijonliklar esa 5 marta.

Ogohlantirishlar:

Uchrashuv bosh hakami “Neftchi” va “Andijon” futbolchilarini bir martadan ogohlantirdi.

Eslatib o'tamiz, “Neftchi-1” va “Andijon” bahsida farg'onalik futbolchilar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi Gollarga Murod Bobojonov va Baxtiyor Yoqubov mualliflik qilishdi.


“Neftchi” PFK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Manba: fcneftchi.uz