So’nggi yangiliklar

22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  33 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  7 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  6 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  10 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  12 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  26 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  3 19:38"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  14 18:03Мундиал йўлланмасини тақдим этган БАА — Ўзбекистон ўйинидан мухлислар ФОТОГАЛЕРЕЯси  1 17:38Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 16:25Тер Штеген "Барселона" матбуот босими орқали уни кетишга мажбур қилмоқчи деб ҳисобламоқда, аммо...  10

“Hokim Kubogi-2018”: “Neftchi” chempion! Yangiliklar

“Hokim Kubogi-2018”: “Neftchi” chempion!

Teglar :  Hokim kubogiNeftchi
Farg'onada “Hokim Kubogi-2018″ning “A” guruhi o'yinlari yakunlandi.

So'nggi turda “Istiqlol” jamoasini qabul qilgan Sergey Kovshov shogirdlari 1:1 hisobida durang qayd etishdi va 11 ochko bilan guruh peshqadami sifatida turnirdagi ishtiroklarini nihoyalashdi.

Farg'ona derbisi chin manoda keskin va murosasiz kurashlarga boy o'tdi. Stadionga yig'ilgan har ikkala jamoa muxlislari ham maydondagi o'yinchilarni qizg'in tarzda qo'llab-quvvatlashdi.

Birinchi bo'limda “Neftchi” hisobni ochdi. Abdul Aziz Yusupov yana bir bor o'zining to'purarlik qobilyatini namoyish etgan holda Nodir Ashurmatov qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi. 1:0

O'yin surati ikkinchi bo'limda yanada oshdi. Hujumlar sonining ortishi bahs haroratini oshirdi.  O'yinning so'nggi daqiqalari “Neftchi”ning g'alabasi bilan o'z yakuniga etib borayotgan edi. Biroq zahiradan maydonga tushgan Rizo Ayvazov bahsda tubdan burilish yasadi. “Neftchi” darvozasiga belgilangan jarima to'pini chiroyli tarzda amalga oshirgan Rizo hisobni tenglashtirdi.

Etiborga molik jihati, sobiq futbolchimiz “Istiqlol”ni muqarrar mag'lubiyatdan qutqarib qolgan golga egalik qilgan bo'lsada, mazkur to'pni nishonlamadi. SHu o'rinda gol uchun “Neftchi” muxlislaridan uzr so'radi.


“Neftchi” – “Istiqlol” 1:1 (1:0)

Gol:
Abdul Aziz Yusupov – 1:0, Rizo Ayvazov – 1:1

“Neftchi”: 1.Vitaliy Mirnyy, 3.SHukur Po'latov,88.Abbos Maxstaliev, 87.Amirjon Safarov 77.Muhammad Isaev, 35.Davron Mamatov 24. Jasur Azimov 23.Abdul Aziz Yusupov, 21.Elyor Mamasoliev, 20. Alisher Samatov 10. Anvar Berdiev

Zaxira: 35.Farrux Turdaliev, 94.Jamshid Qobulov, 44.Abror Ismoilov, 34.Davron Isakov, 33.Ilhom Yunusov, 19.Otabek Axmadjonov 17.Sunatillo Ermatov

“Istiklol”: 31.Nodir Ashurmatov, 2.Aziz Madaliev, 5.Abduhamid Qurbonov, 7.Abdulaziz Jo'raboev, 10.Elyor Akbarov, 14. Rustam Abduhamidov, 17. Bobur Abdujalilov, 18. Temur Sultonov, 23.Sanjar Asqaraliev, 77. Qahramon Muhammadjonov, 77.Xoshimjon SHokirov

Zaxira: 1.Akmal Ortiqov, 9.Jahongir Dadaboev, 11. Anvar Xojimirzaev, 19.Alisher Fayzullaev, 21.Xudoberdi Xolikov, 20. Rizo Ayvazov, 25. Bobur Jo'raboev

Xabaringiz bor, bu yil “Hokim Kubogi” turnirida chempion bir emas balki ikki nafarni tashkil qiladi. “Neftchi” jamoasi musobaqaning eng kuchli klublaridan tashkil topgan “A” guruhida chempionlikni qo'lgan kiritgan bo'lsa, 8 fevral kuni “B” hamda “S” guruhlarining peshqadamlari o'rtasida ikkinchi final bahsi o'tkaziladi. SHu kuni finalda g'olib bo'lgan jamoa “FarDu” stadionida “Neftchi” jamoasi bilan birgalikda taqdirlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика